Orol dengizi havzasi tuproqlarining degradatsiyasiga qarshi barqaror va neytral landshaftlari asosida ko‘llarni, suv-botqoq yerlarni va qirg‘oqbo‘yi koridorlarini saqlash va barqaror boshqarish - barqaror hayot tarzini ta’minlaydi, atrof – muhitni muhofaza etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Kuni kecha Davlat ekologiya qo‘mitasi, BMT Taraqqiyot dasturi hamda GEFning hamkorlikdagi “Orolbo‘yi suv-botqoq yerlarni barqaror boshqarish” loyihasining taqdimoti hamda muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Tashkil etilgan onlayn anjumanda Davlat ekologiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari N. Oblomuradov hamda BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska so‘zga chiqib, loyihaning maqsad hamda vazifalari xususida axborot berib o‘tdilar.
Loyiha 2021-2026 yillar davomida amalga oshirilishi rejalshtirilgan bo‘lib, maqsadi xususiy sektor va mahalliy hamjamiyatni jalb qilgan holda yer usti, botqoqli va qirg‘oq ekotizimlarini kompleks boshqarish orqali Orol dengizi havzasidagi landshaftlar va barqaror hayot muhitini barqarorligini oshirish.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati