Surxondaryo viloyati: «Toza hudud» DUK filiallariga 10 ta damas va 12 ta maxsus texnika topshirildi
05.
10. 2020
10:44
7740
News

Prezidentimiz Sh.Mirziyoev rahbarligida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarning tub mazmun-mohiyati inson omiliga qaratilgan bo‘lib, davlatimiz rahbari faoliyatlarining ilk kunlaridan fuqaro salomatligi va uning xavfsizligi masalasiga alohida e’tibor qaratdi.

Natijada bugungi kunda barcha sohalar kabi mamlakatimizda aholi salomatligini mustahkamlash va xavfsizligini ta’minlash, ekologik osoyishtalikni barqarorlashtirish, chiqindilarni qayta ishlash tizimini takomillashtirish borasida muhim ishlar amalga oshirilmoqda.

Bunda, albatta, Prezidentimizning tashabbuslari bilan tashkil etilgan maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlarini ko‘rsatuvchi «Toza hudud» davlat unitar korxonasining xizmat sifati yuqoriligi natijasida aholining ushbu xizmatdan roziligini alohida ta’kidlab o‘tish o‘rinlidir.

Davlatimiz rahbari chiqindi tizimini tartibga solish – hayotimiz, sog‘lig‘imiz uchun eng muhim vazifalardan biri ekanligi, bu inson salomatligi va xavfsizligi, millat kelajagi bilan bog‘liq dolzarb masala ekanligini aytar ekanlar, sohani kamxarj va tejamkor texnikalar bilan ta’minlash muhimligini alohida ta’kidlaydilar.

Viloyat «Toza hudud» davlat unitar korxonasi ish faoliyatini yanada samarali tashkil etish hamda davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida «Samarqand avtomobil zavodi» bilan shartnoma tuzib, 12 dona maxsus chiqindi yig‘uvchi (musurovoz) va 1 (dona) kompaktor (buldozer) texnikalarini xarid qildi.

Shuningdek, viloyat «Toza hudud» davlat unitar korxonasi tashabbusi va kasaba uyushmasi tashkiloti bilan hamkorlikda ishchi xodimlarga qulay sharoitlar yaratish maqsadida uzoq hududlarda joylashgan mahallalarda ishlayotgan nazoratchilarni olib yurish, tumanlarda yuridik tashkilotlar bilan ishlashda ish samaradorligini oshirish maqsadida 10 dona «Damas» avtomashinalari xarid qilindi.

Surxondaryo viloyati: «Toza hudud» DUK filiallariga 10 ta damas va 12 ta maxsus texnika topshirildi

Surxondaryo viloyati: «Toza hudud» DUK filiallariga 10 ta damas va 12 ta maxsus texnika topshirildi

Surxondaryo viloyati: «Toza hudud» DUK filiallariga 10 ta damas va 12 ta maxsus texnika topshirildi

Surxondaryo viloyati: «Toza hudud» DUK filiallariga 10 ta damas va 12 ta maxsus texnika topshirildi

Mazkur texnikalar orqali viloyat «Toza hudud» davlat unitar korxonasida 40 dan ortiq ish o‘rinlari yaratilib, turmush sharoiti o‘ta og‘ir ahvoldagi kam ta’minlangan oila a’zolarini jalb qilish ko‘zda tutilgan. Bu esa viloyat «Toza hudud» davlat unitar korxonasi aholining turmush darajasini oshirishda va kambag‘allikni kamaytirishda o‘z hissasini qo‘shayotganligidan dalolatdir.

Xalqimiz «Uyi tozaga gard yuqmas, gard yuqsa ham, dard yuqmas» degan maqolni bejiz aytishmaydi. Birgina ushbu maqol zamirida xalqimizning tozalik va poklik, salomatlik borasidagi ulug‘ qadriyatlari mujassam. Qolaversa, ushbu maqoldan tozalik salomatlik garovi sifatida yuksak qadrlanishini anglash qiyin emas.

Bir so‘z bilan aytganda, sanitar tozalash xizmati atrof muhitning saranjom-sarishtaligini ta’minlash bilan bir qatorda inson salomatligi uchun hal qiluvchi omillardan biri sanaladi. Ayniqsa, bugungi pandemiya sharoitida ushbu sohani yanada takomillashtirish, xizmat ko‘rsatuvchi xizmatchi va xodimlar hamda iste’molchilar – aholi va yuridik shaxslarning ikki tomonlama mas’uliyatini oshirish har qachongidan ko‘ra dolzarb o‘rin tutadi.
 

SEVAROVA Shirina,
Surxondaryo viloyati «Toza hudud» DUK
OAV bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources