Bugungi kunda aholi, xususan o‘quvchi, talaba yoshlar o‘rtasida ekologik ta’lim, madaniyatni oshirish, ularni atrof-muhitni muhofaza qilish masalariga keng jalb qilish maqsadida, shuningdek, 4 oktyabr – Butunjahon hayvonlarni muhofaza qilish kuni munosabati bilan Davlat ekologiya qo‘mitasi hamda Toshkent hayvonot bog‘i hamkorlikda joriy yil 4 oktyabr kuni mutaxassislar ishtirokida uchrashuv tashkil etdi.
Tadbir doirasida umumta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida tanlov hamda hayvonot bog‘i bo‘ylab sayohat tashkil etildi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati