Ochiq ma’lumotlar

– Qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish bo‘yicha ma’lumot (OpenData davlat ochiq ma'lumotlar portali – https://data.egov.uz/);


Maishiy chiqindilarni boshqarish sohasida, aholiga sanitar tozalash xizmati bilan qamrab olish joriy yilning mart oyidagi 60 foizdan 73 foizga yetkazildi. Chiqindilarni qayta ishlash darajasi 17 foizdan 21 foizga ortgan.

“Toza hudud” va “Maxsustrans” DUKlar tasarrufida chiqindi yig‘ish maydonchasi 3179 ta va chiqindi konteynerlari soni 10372 tani tashkil etadi.

Bugungi kunga qadar 127 ta chiqindi tashish texnikasi,5 ta kompaktor va 2 ta avtoyuklagich texnikalari xarid qilindi. Yil oxiriga qadar jami 225 ta maxsus texnika xarid qilinib, tasarrufga tushiriladi.

Sanitar-ekologik talablarga javob bermaydigan 5 ta chiqindi poligon faoliyati to‘xtatildi, 138 ta poligonning 1,5 ming gektar xududida rekulttivatsiya ishlari amalga oshirildi.

Dasturga asosan “Toza hudud” DUK lar ma’muriy binolarni qurish, chiqindilarni qayta ishlash korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirish, qo‘riqhonalar moddiy texnik bazasini mustahkamlash, Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimidagi ishlarni rivojlantirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va dasturiy ta’minot, Ilmiy-tadqiqot ishlariga hamda qo‘mita va hududiy bo‘linmalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va xodimlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash uchun ishlari amalga oshirilib, 79,8 mlrd. so‘m mablag‘ sarflandi.

Bo‘stonliq tumanida aholi va dam oluvchilarni ekologik madaniyatini oshirish va atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishni targ‘ib etuvchi 16 ta (3x6 o‘lchamli) ijtimoiy reklama pannollari hamda 9 ta videokuzatuv moslamasi o‘rnatildi.

Mavjud chiqindi qutilariga qo‘shimcha ravishda 37 dona konteynerlar o‘rnatilib, ularning soni 159 taga yetkazildi.

Toshkent shahar Sirg‘ali tumani “Janubiy sanoat” hududida faoliyat yuritayotgan 290 dan ziyod ishlab chiqarish korxonalari tomonidan sanoat chiqindilari boshqaruvi bo‘yicha qonun talablariga rioya etilishi o‘rganildi. Chirchiq daryosining suvni muhofaza qilish va qirg‘oq bo‘yi mintaqasida umumiy uzunligi 3000 metr qismida joylashgan hudud turli xildagi chiqindilardan tozalandi. Tartibsiz tashlab ketilgan qurilish va o‘zga chiqindilar bartaraf etildi, buzilgan yerlar tekislanib, rekultivatsiya ishlari bajarildi.

Jami 131 ta holatda korxonalar hududida 229,5 tonna chiqindilar belgilangan tartibga zid ravishda joylashtirilganligi aniqlanib, poligonlarga olib ketildi. 113 ta korxonalarga majburiy ko‘rsatma va ogohlantirish berilib, 29 tasi bo‘yicha huquqbuzarlarga nisbatan 11,5 mln. so‘m ma’muriy jarimalar belgilandi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi tashabbusi bilan 2008 yilda Estoniyada asos solingan Butunjahon tozalik kuni munosabati bilan joriy yil 19 sentyabr kuni respublika bo‘ylab aktsiya tashkil etildi.

Mazkur aktsiya Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston ekologik partiyasi, Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi, “Meros” xalqaro xayriya jamg‘armasi, “Ekomaktab” NNT hamda Carrefour xalqaro brendi ostidagi supermarketlar tarmog‘i va boshqa tashkilotlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda mazkur tadbirda ishtirok etish uchun yurtimizning 50 dan ortiq sportchi va san’at namoyondalari tomonidan aktsiyaga chorlovchi chiqishlar qilindi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda viloyatlardan jami 88 mingdan ortiq fuqarolar ishtirok etib, 2050 ta maxsus texnika jalb qilinib, 1062 ta hudud tozalandi, 17 ming tonna chiqindi olib chiqildi.

Aktsiya jarayonlari Davlat va nodavlat telekanallar tomonidan 80 ta lavha tayyorlandi. “O‘zbekiston 24” telekanali orqali tadbirdan 11 kun avval har kuni maxsus rolik efirga uzatildi. Ijtimoiy tarmoqlarda 747 ta postlar joylashtirildi.

Toshkent viloyati Ohangaron tumanida joylashgan qattiq maishiy chiqindi poligonida chiqindi gazdan elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihasi doirasida “Sejin G&E Co.,Ltd” kompaniyasi 900 ming AQSh doll. miqdoridagi mablag‘lari o‘zlashtirildi. 40 gektarga yaqin hududga 40 sm qalinlikda chiqindilarni ko‘mish va rekultivatsiya qilish ishlari bajarildi.

“Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror asosida 2020 yilda hududlarni davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida tadbirkorlik sub’ektlariga biriktirish bo‘yicha jami 16 ta loyiha kontseptsiyalari tasdiqlanib e’longa qo‘yildi.