- News
- About Ministry
- Fundamentals of legal activity
- Functions and duties of the committee
- History of the Committee
- Administration
- Committee structure
- Announcements and tenders
- Youth policy
- Vacancies
- Performance Indicators
- Public Council
- Board of Committee
- International Relations
- E-government
- Spirituality and Education
- Anti-Corruption
- Green University
- Activity
- Documents
- Open data
- Open information on openness of the activity
- Open information about budget
- General open information
- Persons responsible for posting Public Information
- On the implementation of the State Program
- Conclusions of the given environmental expertise
- Public hearing
- Green gardens
- Work carried out by the internal audit department
- Information Service
- Services
- Contacts
- COP14
-
About activities
-
Functions and duties
-
Services
-
Legislation
Faoliyat yo‘nalishlari to‘g‘risida ma’lumot
1. Suvni iqtisod qiluvchi texnologiyalarni (aylanma suv ta’minoti, takroriy ketma-ketlik bilan foydalanish va boshqalar) qo‘llash bilan suv resurslarini turli xildagi ifloslanishlardan muhofaza qilish, suv resurslari muhofaza qilish va suvdan foydalanish qoidalariga rioya etilishi bo‘yicha nazorat.
2. Ifloslantiruvchi moddalarning atrof-muhitga yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan chegaraviy tashlamalari me’yorlarini tasdiqlash.
3. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qonun hujjatlarining:
– ifloslantiruvchi moddalarning atrof tabiiy muhitga yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan chegaraviy tashlamalarining belgilangan limitlari va me’yorlari hamda tashlamalarning belgilangan me’yorlargacha kamaytirish bo‘yicha kelishilgan chora-tadbirlarning;
– korxonalar va boshqa ob’ektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish hamda yangi va rekonstruktsiya qilingan korxona va boshqa ob’ektlarni ishga tushirishda ekologik me’yor, standart va talablarga;
– suvni muhofaza qilish ob’ektlari, suv xo‘jaligi tizimlari, suv omborlari va boshqa gidrotexnik inshootlardan foydalanish qoidalari;
– tabiatdan foydalanuvchilar tomonidan suv resurslaridan foydalanish, ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarining birlamchi hisobi yuritilishi;
– suv resurslaridan foydalanish, suvlardan foydalanishning belgilangan me’yor, qoidalari va rejimiga rioya qilish, yer usti va yer osti suvlarining ifloslanish, bulg‘alanish va kamayib ketishidan muhofaza qilish, shuningdek suv ob’ektlarining qirg‘oqbo‘yi polosa(zona)larida suvni muhofaza qilish chora-tadbirlari bajarilishi borasida davlat nazoratini qonun hujjatlarida begilangan tartibda amalga oshirish.
4. O‘zbekiston Respublikasini ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Kontseptsiyalari, asosiy yo‘nalishlari va davlat rejalari loyihalariga takliflar tayyorlash.
5. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha uzoq muddatli davlat va maqsadli dasturlarni tayyorlashda ishtirok etish.
6. Suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish sohasida, maxsus vakolatli davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, tabiatni muhofaza qilish faoliyatini tarmoqlararo boshqarish.
7. Er va yer osti boyliklarini muhofaza qilish, suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha hududiy inspektsiyalarning:
– yuridik va jismoniy shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlariga rioya etish, ular tomonidan atrof-muhit muhofazasi va suv resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash;
8. Er resurslarini suv va shamol eroziyasi, sellar, suv bosishi, botqoqlashish, ikkilamchi sho‘rlanishi, qurib ketishi, zichlashishi, ishlab chiqarish chiqindilari, kimyoviy va radioaktiv moddalar bilan ifloslanishlardan, buzilishning boshqa jarayonlaridan muhofaza qilish.
9. Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qonun hujjatlarining:
– yangi va rekonstruktsiyalangan va boshqa ob’ektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va foydalanishga ishga tushirishda ekologik me’yor, andoza va talablarga;
– foydali qazilmalarni qazib olish, portlatish ishlarini amalga oshirishda, kon-boyitish faoliyati natijasida hosil bo‘ladigan chiqindi saqlagichlari, terrikon, ag‘darma va ahlatxonalarni joylashtirish va ulardan foydalanishda atrof-muhitni ifloslanishi, bulg‘alanishi va kamayib ketishi, tabiiy resurslardan majmuaviy foydalanish talablariga;
– keng tarqalgan qazilma boyliiklari konlarini qazib olish me’yor va qoidalariga;
– o‘simliklarni himoya qilish vositalari, ularni o‘sishini rag‘batlantirgichlarni, mineral o‘g‘itlar, boshqa kimyoviy vosita va preparatlarni tashish, saqlash va ularni qo‘llashda atrof-muhit muhofazasi talablariga;
– er egalari va yerdan foydalanuvchilar tomonidan yer uchastkalaridan belgilangan maqsadlarga muvofiq foydalanishlari, va ular tomonidan tuproqlarni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirilishi;
– vaqtincha foydalanishga berilgan yerlarni qurilish, foydali qazilmalarni qazib olish jarayonlarida va boshqa ta’sirlarda buzilganini keyinchalik yaroqli holga keltirilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.
10. Chiqindilarni saqlash va ko‘mish maqsadlarida yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalarni belgilangan tartibda berish.
11. Erlarni va keng tarqalgan foydali qazilmalarni muhofaza qilish sohasida tabiatni muhofaza qilish faoliyatining tarmoqlararo boshqarish, maxsus vakolatli davlat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish.
12. Hududiy inspektsiyalarning yer va yer osti boyliklarini muhofazasi borasidagi faoliyatiga uslubiy rahbarlik va ularni muvofiqlashtiruvini:
– yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishini ta’minlash, ular tomonidan atrof-muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi majburiyatlarni bajarilishi;
– davlat va boshqa tashkilotlarni hamda fuqarolarni atrof-muhitdagi o‘zgarishlar, uning holati bashoratlari, tabiiy resurslardan foydalanish va ko‘rilayotgan tegishli chora-tadbirlar to‘g‘risida xabardor qilish;
– tabiatni muhofaza qilish faoliyati samaradorligini oshirish, davlat va boshqa ekologik dasturlarni amalga oshirilishida fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar ishtirokini ta’minlash;
– davlat xizmatlarini, shu jumladan tadbirkorlik sub’ektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha ko‘rsatish;
– hukumat qarorlarining amalga oshirilishi va bajarilishi masalalari bo‘yicha amalga oshirish.
13. Foydali qazilmalarni qazib olishda qishloq xo‘jaligi, o‘rmon va boshqa yer resurslariga salbiy ta’sirni oldini olish yoki cheklash chora-tadbirlari bajarilishini, shuningdek rekultivatsiya ishlari amalga oshirilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish.
14. Er resurslari va yer osti boyliklarini muhofaza qilish sohasida me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqilishida ishtirok etish.
– vaqtincha foydalanishga berilgan yerlarni qurilish, foydali qazilmalarni qazib olish jarayonlarida va boshqa ta’sirlarda buzilganini keyinchalik yaroqli holga keltirilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.
15. Chiqindilarni saqlash va ko‘mish maqsadlarida yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun yer qa’ri uchpstkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalarni belgilangan tartibda berish.
16. Erlarni va keng tarqalgan foydali qazilmalarni muhofaza qilish sohasida tabiatni muhofaza qilish faoliyatining tarmoqlararo boshqarish, maxsus vakolatli davlat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish.
17. Hududiy inspektsiyalarning yer va yer osti boyliklarini muhofazasi borasidagi faoliyatiga uslubiy rahbarlik va ularni muvofiqlashtiruvini:
– yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishini ta’minlash, ular tomonidan atrof-muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi majburiyatlarni bajarilishi;
– davlat va boshqa tashkilotlarni hamda fuqarolarni atrof-muhitdagi o‘zgarishlar, uning holati bashoratlari, tabiiy resurslardan foydalanish va ko‘rilayotgan tegishli chora-tadbirlar to‘g‘risida xabardor qilish;
– tabiatni muhofaza qilish faoliyati samaradorligini oshirish, davlat va boshqa ekologik dasturlarni amalga oshirilishida fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar ishtirokini ta’minlash;
– davlat xizmatlarini, shu jumladan tadbirkorlik sub’ektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha ko‘rsatish;
– hukumat qarorlarining amalga oshirilishi va bajarilishi masalalari bo‘yicha amalga oshirish.
18. Foydali qazilmalarni qazib olishda qishloq xo‘jaligi, o‘rmon va boshqa yer resurslariga salbiy ta’sirni oldini olish yoki cheklash chora-tadbirlari bajarilishini, shuningdek rekultivatsiya ishlari amalga oshirilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish.
19. Er resurslari va yer osti boyliklarini muhofaza qilish sohasida me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqilishida ishtirok etish.
Boshkarmaning yer resurslari va yer osti boyliklarini muhofaza qilish yo‘nalishidagi vazifalari va funktsiyalari
Quyidagilar yer resurslari va yer osti boyliklarini muhofaza qilish yo‘nalishida Boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Boshqarmaning vazifalari va funktsiyalari
Quyidagilar Suv yer resurslari yo‘nalishida Boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
– Boshqarma va hududiy organlarning suv resurslarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish va tashkil etish;
– suv, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar (er usti suv ob’ektlarining suvni muhofaza kilish zonalari hamda yer osti chuchuk suvlari hosil bo‘ladigan, muhofaza etiladigan tabiiy hudud makomi berilgan hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat ekologik nazoratini olib borish;
– tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni aslidagiday qaytarish sohasida davlat boshqaruvini amalga oshirish;
– ekologiya va atrof-muhit muhofaza qilish sohasida tarbiya va ta’lim tizimini rivojlantirish, ekologik bilimlarni targ‘ib qilish borasida takliflar ishlab chiqish;
– atrof-muhitning kulay ekologik holati saklab turilishini ta’minlash, ekologik vaziyatni sog‘lomlashtirish;
– atrof-muhit muhofazasi ishlarini, yagona tabiatni muhofaza kilish va resurs tejaydigan siyosatni ishlab chikilishida, shuningdek uni o‘tkazilishida amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirilishida idoralararo o‘zaro xarakatni muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha umumiy rahbarlikni amalga oshirish va x.k.
Boshqarma va hududiy organlarning suv, yer resurslari muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish va tashkil etishga oid funktsiyalariga quyidagilar kiradi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-xuquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
tegishli bo‘linma faoliyatiga bevosita rahbarlikni amalga oshirish, ushbu bo‘linmaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni va qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori va boshqa qonun hujjatlari hamda Davlat ekologiya qo‘mitasi hujjatlari bilan yuklangan vazifa va funktsiyalarning bajarilishini tashkil etish;
Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini o‘z vakolatlari doirasida muvofiqlashtirish;
prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari ushbu kursatkichlarga suzsiz erishishini ta’minlashga karatilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rish bo‘yicha takliflarni Davlat ekologiya qo‘mitasi raisining nazorat qiluvchi o‘rinbosarlariga kiritish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, Davlat ekologiya qo‘mitasining tarkibiy bo‘linmalarida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, tarkibiy bo‘linma xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini qo‘rish;
1) Davlat ekologiya qo‘mitasi Hay’ati qarorlari, rais va uning o‘rinbosarlarining buyruq va topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
2) tarkibiy bo‘linmalarning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini, ularning tasdiqlash uchun kiritilishini, ularda ko‘rsatilgan vazifalar va tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
3) tarkibiy bo‘linmalar faoliyatiga oid masalalar yuzasidan qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ularni ko‘urib chiqish uchun Davlat ekologiya qo‘mitasi rahbariyatiga kiritish;
4) Davlat ekologiya qo‘mitasiga takdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjat loyihalarini to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqish, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan o‘tkazish;
5) Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlarining faoliyati samaradorligi hamda natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, majlislarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, yakuniy natijalar bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
6) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-4904-son Farmoniga muvofiq ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Prezident Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
7) davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
Boshqarmaning suv resurslarini muhofaza qilish sohasidagi
funktsiyalariga quyidagilar kiradi:
1) yer usti, yer osti suvlarini ifloslantirish manbalari ustidan davlat ekologik nazorati o‘tkazilishini amalga oshiradi va muvofiqlashtiradi;
2) suv resurslaridan foydalanilishi, yer usti va yer osti suvlaridan foydalanishning belgilangan me’yorlari, qoidalari va rejimiga, ularni ifloslanish, bulg‘anish va qurib qolishdan muhofaza qilish, shuningdek, suv ob’ektlarining qirg‘oq buyilarida (zonalarida) suvni muhofaza qilish chora- tadbirlari bajarilishini nazorat qiladi;
3) suvdan maxsus foydalanish va suvni maxsus iste’moli uchun ruxsatnomalar berish, shu jumladan “Yagona darcha” markazlari orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatish va ularning hisobini yuritish ishlariga rahbarliq qiladi;
4) oqova suvlar tarkibidagi ifloslantiruvchi moddalarning atrof-muhitga yo‘l quyilishi mumkin bo‘lgan chegaraviy tashlamalari manbalarini xatlovdan o‘tkazishda hamda o‘rnatilayotgan me’yorlarini ko‘rib chiqishda ishtirok etadi;
5) oqova suvlar tarkibidagi ifloslantiruvchi moddalarni atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlash(oqizish)ning belgilangan ekologik me’yorlari, shuningdek ushbu tashlamalarni belgilangan me’yorlargacha pasaytirishga doir chora-tadbirlarni kelishadi;
6) oqova suvlarni ochik suv havzalari va joy relefiga tashlaganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari to‘lovchilarini qamrab olish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirishda ishtirok etadi;
7) yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan suvni muhofaza qilish ob’ektlari, suv ho‘jaligi tizimlari, suv omborlari va boshka gidrotexnika inshootlarini ishlatish koidalariga rioya etilishi va bajarilishining davlat ekologik nazoratini amalga oshiradi;
8) suv resurslarini tejaydigan texnologiyalarni keng va har bir ishlab chiqarish jarayonida joriy qilish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
9) ishlab chiqarish oqovalarini kanalizatsiya tizimlariga tashlaydigan korxonalar oqova suvlari nazoratini tashkillashtiradi;
10) yer usti suv manbalarining suvni muhofaza qilish mintaqalarida hamda yer osti chuchuk suvlari hosil bo‘ladigan, muhofaza etiladigan tabiiy hudud maqomi berilgan hududlarda o‘tkaziladigan reydlar va ularning natijadorligi monitoringini yuritadi.
Er resurslari va yer osti boyliklarini muhofaza qilish yo‘nalishidagi vazifalari va funktsiyalari
Quyidagilar yer resurslari va yer osti boyliklarini muhofaza qilish yo‘nalishida Boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
– Boshqarma va hududiy organlarning yer resurslarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish va tashkil etish;
– Yer, keng tarkalgan qazilma boyliklarini, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar (er usti suv ob’ektlarining suvni muhofaza qilish zonalari hamda yer osti chuchuk suvlari hosil bo‘ladigan, muhofaza etiladigan tabiiy hudud maqomi berilgan xududlar)ni muhofaza qilish va ulardan foydalanish soxasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat ekologik nazoratini olib borish;
– tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni aslidagiday qaytarish sohasida davlat boshqaruvini amalga oshirish;
– ekologiya va atrof-muhit muhofaza qilish sohasida tarbiya va ta’lim tizimini rivojlantirish, ekologik bilimlarni targ‘ib qilish borasida takliflar ishlab chiqish;
– atrof-muhitning qulay ekologik holati saqlab turilishini ta’minlash, ekologik vaziyatni sog‘lomlashtirish;
– atrof-muhit muhofazasi ishlarini, yagona tabiatni muhofaza qilish va resurs tejaydigan siyosatni ishlab chiqilishida, shuningdek uni o‘tkazilishida amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirilishida idoralararo o‘zaro xarakatni muvofiklashtirish masalalari bo‘yicha umumiy rahbarlikni amalga oshirish va x.k.
Boshqarma va hududiy organlarning suv, yer resurslari muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish va tashkil etishga oid funktsiyalariga quyidagilar kiradi:
1) tuproqlarni ifloslantirish manbalari ustidan davlat ekologik nazorati o‘tkazilishini amalga oshiradi va muvofiqlashtiradi;
2) ishlab chiqarish chiqindilari, kimyoviy moddalar bilan ifloslanishdan, harob qiladigan boshqa jarayonlardan himoya qilinishi nazorat qilish;
3) yangi va qayta qurilgan korxonalar hamda boshqa ob’ektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ishga tushirishda ekologik xavfsizlik talablariga rioya etilishi;
4) yer egalari va yer uchastkalari foydalanuvchilari tomonidan tuproqni muhofaza qilish chora-tadbirlarining o‘tkazilishi;
5) o‘simliklarni himoya qilish vositalarini, ularning o‘sishini tezlashtiruvchi moddalarni, mineral o‘g‘itlarni, boshqa kimyoviy moddalar va dorilarni tashish, saqlash va qo‘llash chog‘ida atrof muhitni muhofaza qilish talablariga rioya etilishi ustidan nazorat;
6) 6-toifaga mansub bo‘lgan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar (er usti suv ob’ektlarining suvni muhofaza qilish zonalari hamda yer osti chuchuk suvlari hosil bo‘ladigan, muhofaza etiladigan tabiiy hudud maqomi berilgan hududlar) davlat kadastrini yuritish;
7) vaqtiincha foydalanishga berilib, qurilish, foydali qazilmalar qazib olish va boshqa ta’sirlar natijasida buzilgan yerlarni foydalanish uchun yaroqli holga keltirish nazoratini amalga oshirish;
8) yangi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil qilish, ularga nom berish va ularni qayta nomlash yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
9) somon poyalari yoqilishi oldini olish, natijasida tuproq unumdorligiga yetkazilgan zarar bo‘yicha, huquqbuzarlarga nisbatan belgilangan tartibda qo‘yilgan davolar monitoringini yuritadi;
10) sobiq qishloq xo‘jaligi aerodromlari va zararli kimyoviy moddalarni ko‘mish qabristonlari atrofidagi yerlarning ifloslanishi nazoratini muvofiqlashtiradi, monitoring natijalarini tahlil qilib, tuprok ifloslanishini kamaytirish yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar beradi.
– Boshqarma va hududiy organlarning yer resurslarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish va tashkil etish;
– Yer, keng tarqalgan qazilma boyliklarini, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar (er usti suv ob’ektlarining suvni muhofaza qilish zonalari hamda yer osti chuchuk suvlari hosil bo‘ladigan, muhofaza etiladigan tabiiy hudud maqomi berilgan hududlar)ni muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat ekologik nazoratini olib borish;
– Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni aslidagiday qaytarish sohasida davlat boshqaruvini amalga oshirish;
– Ekologiya va atrof-muhit muhofaza qilish sohasida tarbiya va ta’lim tizimini rivojlantirish, ekologik bilimlarni targ‘ib qilish borasida takliflar ishlab chiqish;
– Atrof-muhitning qulay ekologik holati saqlab turilishini ta’minlash, ekologik vaziyatni sog‘lomlashtirish;
– Atrof-muhit muhofazasi ishlarini, yagona tabiatni muhofaza qilish va resurs tejaydigan siyosatni ishlab chiqilishida, shuningdek uni o‘tkazilishida amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirilishida idoralararo o‘zaro xarakatni muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha umumiy rahbarlikni amalga oshirish va x.k.
Boshqarma va hududiy organlarning suv, yer resurslari muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish va tashkil etishga oid funktsiyalariga quyidagilar kiradi:
1) tuproqlarni ifloslantirish manbalari ustidan davlat ekologik nazorati o‘tkazilishini amalga oshiradi va muvofiqlashtiradi;
2) ishlab chiqarish chiqindilari, kimyoviy moddalar bilan ifloslanishdan, harob qiladigan boshqa jarayonlardan himoya qilinishi nazorat qilish;
3) yangi va qayta qurilgan korxonalar hamda boshqa ob’ektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ishga tushirishda ekologik xavfsizlik talablariga rioya etilishi;
4) yer egalari va yer uchastkalari foydalanuvchilari tomonidan tuproqni muhofaza qilish chora-tadbirlarining o‘tkazilishi;
5) o‘simliklarni himoya qilish vositalarini, ularning o‘sishini tezlashtiruvchi moddalarni, mineral o‘g‘itlarni, boshqa kimyoviy moddalar va dorilarni tashish, saqlash va qo‘llash chog‘ida atrof muhitni muhofaza qilish talablariga rioya etilishi ustidan nazorat;
6) 6-toifaga mansub bo‘lgan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar (er usti suv ob’ektlarining suvni muhofaza qilish zonalari hamda yer osti chuchuk suvlari hosil bo‘ladigan, muhofaza etiladigan tabiiy hudud maqomi berilgan hududlar) davlat kadastrini yuritish;
7) vaqtiincha foydalanishga berilib, qurilish, foydali qazilmalar qazib olish va boshqa ta’sirlar natijasida buzilgan yerlarni foydalanish uchun yaroqli holga keltirish nazoratini amalga oshirish;
8) yangi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil qilish, ularga nom berish va ularni qayta nomlash yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
9) somon poyalari yokilishi oldini olish, natijasida tuproq unumdorligiga yetkazilgan zarar bo‘yicha, huquqbuzarlarga nisbatan belgilangan tartibda quyilgan davolar monitoringini yuritadi;
10) sobiq qishloq xo‘jaligi aerodromlari va zararli kimyoviy moddalarni ko‘mish qabristonlari atrofidagi yerlarning ifloslanishi nazoratini muvofiqlashtiradi, monitoring natijalarini tahlil qilib, tuproq ifloslanishini kamaytirish yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar beradi.
11) foydali qazilmalarni qazib olish, portlatish ishlarini o‘tkazish, qazilma chiqindi konalarini, terrikonlar, qoldiq jinslar uyumini va ahlatxonalarni joylashtirish hamda ulardan foydalanish chog‘ida atrof-muhitni ifloslanishdan, hosil bo‘lgan muammolarni bartaraf etish hamda tabiiy resurslardan kompleks foydalanish talablari;
12) keng tarqalgan foydali qazilmalarni qazib olish qoidalari;
13) vaqtincha foydalanishga berilib, qurilish, foydali qazilmalar qazib olish va boshqa ta’sirlar natijasida buzilgan yerlarni foydalanish uchun yaroqli holga keltirish ustidan davlat ekologik nazoratini amalga oshiradi;
14) keng tarkalgan qazilma boyliklarini muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvini amalga oshirish ishlarini rejalashtiradi;
15) chiqindilarni saqlash va ko‘mish maqsadlarida yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish hududi uchun litsenziyalar berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatadi va ularning hisobini yuritadi;
16) daryo va soy o‘zanlaridan qum va shag‘allarni noqonuniy qazib olinishini oldini olish madsadida reydlar o‘tkazilishini tashkillashtiradi va monitoringini olib boradi.
Ruxsat etuvchi hujjatlar to‘g‘risida ma’lumot
Suv va suvdan foydalanish maqsadlariga ko‘ra ichimlik, maishiy-xo‘jalik, davolash, kurort, rekreatsion, baliqchilik ahamiyatiga ega, sanoat ishlab chiqarish, energetika, qishloq xo‘jaligi va boshqa turlarga bo‘linadi. Suv xo‘jaligining foydalanuvchi tashkilotlari, suv iste’molchilari uyushmalari, kommunal-maishiy soha, gidroenergetika korxonalari, boshqa korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar suvdan foydalanuvchilar bo‘lishi mumkin.
Suv ob’ektidan suv olish usuliga, suvlarning va suv ob’ektlarining holatiga ta’sir etilishiga qarab suvdan foydalanish suvdan umumiy va maxsus foydalanishga bo‘linadi.
Jismoniy shaxslar tomonidan suvlarning va suv ob’ektlarining holatiga ta’sir etuvchi maxsus inshootlar va qurilmalarni qo‘llamagan holda o‘z ehtiyojlarini hamda boshqa ehtiyojlarni qondirish maqsadida suvdan foydalanish suvdan umumiy foydalanishdir.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan suvlarning va suv ob’ektlarining holatiga ta’sir etuvchi maxsus inshootlar va qurilmalarni qo‘llagan holda amalga oshiriladigan suvdan foydalanish suvdan maxsus foydalanish deyiladi. Suvdan maxsus foydalanishga ayrim hollarda maxsus inshootlar va qurilmalarni qo‘llamagan holda, ammo suvlarning va suv ob’ektlarining holatiga ta’sir etadigan suvdan foydalanish ham kiritilishi mumkin.
Suv ob’ektlari tanho yoki birgalikda foydalanishda bo‘lishi mumkin. Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik yoki jismoniy shaxslarga butunlay yoki qisman foydalanishga berilgan suv ob’ekti tanho foydalaniladigan suv ob’ektidir.
Suv ob’ektlari, avvalo, aholining ichimlik suvga bo‘lgan ehtiyojini va maishiy ehtiyojini qondirish uchun foydalanishga beriladi. Suv ob’ektlari tanho foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoxud tegishli vakolatga ega davlat organi tomonidan qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda batamom yoki qisman beriladi. Suv ob’ektlari tanho foydalanish uchun suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish ruxsatnomasi albatta rasmiylashtirilgan holda beriladi.
Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.
Tabiiy suv ob’ektlarining suvidan maxsus foydalanish yoki ularning suvini maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma yer usti suvlari bo‘yicha — qishloq va suv xo‘jaligi organlari, yer osti suvlari bo‘yicha — geologiya va mineral resurslar organlari bilan kelishilgan holda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari tomonidan beriladi.
Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Tabiatdan foydalanish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida»
2018 yil 31 martdagi 255-son qarori bilan belgilangan.
Jismoniy va yuridik shaxslar suni iste’moli va suvdan maxsus foydalanish uchun ruxsatnomani olish uchun yagona davlat hizmatlari markazlari orqali murojaat qilishlari mumkin.
Er osti boyliklaridan foydalanish huquqini litsenziyalash
Egalik qilish, foydalanishdan kelib chiqadigan munosabatlarni tartibga solish va mineral resurslarni tasarruf etish (tog‘-kon munosabatlari) muvofiq amalga oshiriladi 23.09.1994 y.O‘zbekiston Respublikasining "Mineral resurslar to‘g‘risida" gi qonuni talablari bilan № 2018-XII. Maxsus vakolatli davlat organlari tog‘-kon munosabatlari sohasida O‘zbekiston Geologiya va mineral resurslar Davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi sanoat xavfsizligi Davlat qo‘mitasi bo‘ladi.Ekologiya Davlat qo‘mitasi qurilishga litsenziya beradi va bevosita muzokaralar natijalari asosida chiqindilarni saqlash va yo‘q qilish uchun yer osti inshootlarini ishlatish. Litsenziya berish talablari muvofiq amalga oshiriladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 7 iyundagi PQ-649-sonli qarori talablari bilan. "Litsenziya berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida yer osti sohalaridan foydalanish huquqi". Qurilishi uchun yer qa’ridan foydalanish uchun litsenziya va tog‘-kon bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini ishga tushirish, uning egasining yer osti inshootlarini qurish va ekspluatatsiya qilish, shu jumladan uglevodorodlarni yer osti saqlash, chiqindilarni saqlash va yo‘q qilish uchun muayyan yer qa’ridan foydalanish huquqini tasdiqlaydi.Qurilishi uchun yer qa’ridan foydalanish uchun litsenziya va tog‘ - kon bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlari operatsiya, davlat ekologik ekspertiza ijobiy xulosa faqat berilishi mumkin.Er qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziya berish saqlash uchun yer osti inshootlarini qurish va ishlatish uchun va chiqindilarni yo‘q qilish, shuningdek, mineral zaxiralar bo‘yicha Davlat komissiyasining ijobiy xulosasiga ega bo‘lish kerakfoydalanish uchun taqdim etilgan yer qa’ri uchastkasi uchun geologik materiallarni davlat ekspertizasi natijalari asosida Geologiya Davlat Komiteti qoshida.
Er resurslarini muhofaza qilish sohasida xizmatlar
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 dekabrdagi 1023-sonli qarorining ijrosi doirasida “YERELEKTRON” AAT asosida jami 8883 ta yer uchastka tanlash materiallaridan 8719 tasi ko‘rib chiqildi va ekologik talablarga mos kelmagan 120 ta materiallarga rad etildi.
Joriy yilning 1-yarmida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 7 iyundagi PQ-649-sonli qaroriga asosan, 9 ta uglevodorod konlarida texnologik jarayonlari davomida ajralib chiqadigan chiqindi suvlarini yer osti qatlamiga joylashtirish uchun litsenziyalar berildi.
Hisobot davrida Davlat geologiya qo‘mitasi bilan hamkorlikda noruda foydali qazilmalarni geologik jihatdan o‘rganish, ularni qazib olish uchun yer uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziyalar olgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ekologik me’yoriy hujjatlar bilan qamrab olinganligi tahlili amalga oshirildi.
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni |
|
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi |
08.12.1992 y.; https://lex.uz/ru/docs/35869?otherlang=3 |
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida» |
754-XII-son, 9 dekabrya 1992 y. |
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida» |
837-XII-son, 06.05.1993 y.; |
O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi; |
22.09.1994 y.; |
O‘zbekiston Respublikasining Yer Kodeksi |
30.04.1998 y.; |
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni «Ekologik ekspertiza to‘g‘risida» |
73-II 25.05.2000 y.; |
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni «Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida» |
120-II-son, 31.08.2000 y.; |
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni «Qishloq xo‘jalik o‘simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlardan himoya qilish to‘g‘risida» |
116-II-son 31.08.2000 y.; |
O‘zbekiston Respublikasining qonuni «Er osti boyliklari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida (yangi tahriri) |
444-II-son, 13.12.2002 y.; |
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni «Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida» |
710-II-son, 03.12.2004 y. |
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni «Ekologik nazorat to‘g‘risida» |
O‘RQ-363-son, 27.12.2013 y.; |
|
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori «Tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» |
PQ-2750-son, 01.02.2017 y.; |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori «Motor moylarini ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» |
PQ–1759-son 22.05.2012 y
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori «2017 — 2021 yillarda yer osti suvlari zaxiralaridan oqilona foydalanishni nazorat qilish va hisobga olishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida» |
PQ–2954-son, 04.05.2017 y. |
|
|
«Erdan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» |
575-son, 29.11.1994 y.; |
«O‘zbekiston Respublikasining muhofaza etiladigan tabiiy hududlari davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida» |
104-son, 10.03.1998 y.; |
«O‘zbekiston Respublikasidaer monitoringi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida» |
496-son, 23.12.2000 y.; |
«O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida» |
737-son, 05.09.2019 y.; |
«Davlat ekologik nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida» |
216-son, 05.08.2014 y.; |
«2016 — 2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit monitoringi Dasturini tasdiqlash to‘g‘risida» |
273-son, 23.08.2016 y.; |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori «Sug‘oriladigan yerlarni shamol eroziyasiga hamda suv xo‘jaligi ob’ektlarini qum bosishiga qarshi ihota daraxtzorlari barpo etish va rekonstruktsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida» |
422-son, 05.06.2018 y.; |
«Atrof-muhitga ta’sirni baholash mexanizmini yanada takomillashtirish to‘g‘risida» |
541-son, 07.09.2020 y. |
«Er qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» |
403-son, 23.06.2020 y. |
«O‘zbekiston Respublikasi hududidagi suv ob’ektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash tartibi to‘g‘risidagi» nizomni tasdiqlash haqida |
981-son, 11.12.2019 y.; |
«Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» |
499-son, 16.11.1999 y.; |
«Er osti chuchuk suvlari hosil bo‘ladigan zonalarga respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maqomini berish to‘g‘risida» |
302 26.08.2002 y.; |
«Chuchuk yer osti suvlari chiqadigan zonalarni belgilash to‘g‘risida» |
14-son, 12.01.2004 y.; |
«Kommunal xo‘jaligi tizimida tabiatni muhofaza qilish faoliyatini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
|
11-son, 03.02.2010 y.; |
«O‘zbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibi to‘g‘risidagi» Nizomni tasdiqlash haqida |
82-son, 19.03.2013 y.; |
«Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida» |
95-son, 06.02.2019 y.; |
«Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida» |
14-son, 21.01.2014 y.; |
«Muhofaza etiladigan tabiiy hududning pasportini yuritish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida» |
137-son, 02.06.2014 y.; https://lex.uz/ru/docs/2400255?otherlang=3 |
«O‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» |
278-son, 30.09.2015 y.; |
«Ekologik nazorat sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida» |
286-son, 08.10.2015 y.; |
«Majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalarini barpo etish va ularning faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq masalalarni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida» |
238-son, 22.07.2016 y.; |
«Tabiatdan foydalanish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida |
255-son, 31.03.2018 y.; |
«Tabiatni muhofaza qilishni ta’minlashning iqtisodiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida |
820-son, 11.10.2018 y.; |
-
Map
-
Protected natural areas
-
Open data
-
Contacts
Suv, yer resurslari va yer osti boyliklarini muhofaza qilish boshqarmasi
1. |
Boshqarma boshlig‘i |
Mirzaev Saidazim Saidraxmanovich |
(+998) 712 070 770 |
|
2. |
Boshqarma boshlig‘i |
Yarullina |
(+998) 712 070 770 |
|
3. |
Bosh mutaxassis |
Axmadjonov |
(+998) 712 070 770 |
|
4. |
Bosh mutaxassis |
Shukurov |
(+998) 712 070 770 |
|
5. |
Etakchi mutaxassis |
Xasanov |
(+998) 712 070 770 |