M39 yo‘lining Samarqand tumanidan o‘tuvchi qismiga sutkada 6 tonnadan ziyod chiqindi tashlanadi
09.
09. 2020
12:29
4574
News

Iste’mol qilingan oziq-ovqat mahsulotlarining bo‘sh idishini avtomobil oynasidan tashlab ketganlarni ko‘p ko‘ramiz. Bu holni oyda-yilda bir emas, deyarli har kuni har qaysi yo‘lda uchratish mumkin.

Endi raqamlarga murojaat qilamiz. Birgina, M39 avtomagistral yo‘lidan bir kecha-kunduzda o‘rtacha 783 mingga yaqin turli hajmdagi avtoulov o‘tadi. Shundan 80 foizdan ortig‘i, ya’ni 626 mingdan ko‘proq haydovchi hech bo‘lmaganda bir dona bo‘sh idish yoki tselofanni yo‘l yoqasiga uloqtirib o‘tar ekan. Har bir chiqindini taxminan o‘rtacha 10 gramdan hisoblasak, M39 avtomagistral yo‘lining Samarqand tumani hududidan o‘tuvchi qismiga 24 soatda 6 tonna 260 kilogramm chiqindi tashlanar ekan.

Samarqand tumani ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspektsiyasining nazorat inspektorlari tomonidan M39 avtomagistral yo‘lining tuman hududidan o‘tuvchi qismini obodonlashtirish va chiqindilardan tozalash maqsadida hashar tashkil qilindi. Shuningdek, manzarali va mevali daraxtlarga shakl berilib, atrofi yumshatildi va suv quyildi. Zora obodlikni ko‘rgan madaniyatsiz haydovchilar chiqindini belgilanmagan joyga tashlashdan tiyilishsa...

ZARNEWS.UZ
Manba: http://zarnews.uz/yjp

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources