Toshkent davlat agrar universiteti «O‘simliklarni himoya qilish» kafedrasi yosh olimlari bilan uchrashuv
29.
08. 2020
17:14
5090
Econadzor

2020 yil 29 avgust kuni Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi Shavkat Abdurazakov Toshkent davlat agrar universiteti «O‘simliklarni himoya qilish» kafedrasi akademik ham professorlari bilan uchrashdi.

Ma’lumki, daraxtlarni saqlash hamda ularni muhofaza qilish poytaxtimiz ahlining ko‘p qismi uchun dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Tez – tez takrorlanib turayotgan noqonuniy daraxt kesilish holatlari fuqarolarni tashvishga solmoqda. Ayrim holatlarda kasallangan daraxtlarni sanitar kesish zarur, ammo u asoslangan bo‘lishi kerak. Bunda daraxtlarning holati va kasallanish darajasini aniqlash muhim hisoblanadi.

Uchrashuvda yosh olimlar kasallangan daraxtlarni qay tarzda in’ektsiya qilish jarayonlarini ko‘rsatib, daraxtlarni zamonaviy usullarda davolash tartibini namoyish etdilar. Uchrashuv yakuni bo‘yicha joriy yil 3 sentyabr kuni Toshkent shahridagi «Do‘stlik bog‘i» da tajriba tariqasida zararlangan daraxtlarda yuqori haroratga chidamli trixogramma turini ko‘paytirish, ularni maxsus apparatda dron yordamida sepish tadbirini o‘tkazish rejalashtirildi

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources