Qoraqalpog‘iston: «Cho‘l go‘zalligi» — Qizilqumning o‘ziga xos tabiatidan fotoreportaj
28.
05. 2020
10:37
8256
News

Qoraqalpog‘iston Respublikasining sharqida joylashgan Qizilqum cho‘li tabiati o‘ziga xos bo‘lib uning asosiy qismini baland va o‘rtacha tekislikdagi qumlar tashkil qiladi. Hududning okean sathidan balandligi 80-200 metr atrofida.

Qizilqum iqlimi kontinental, qishi sovuq, yozi issiq quyoshli va quruq bo‘ladi. Cho‘lning shimoliy qismi ochiq bo‘lganligidan Arktika va Sibir tomonlardan keladigan sovuq havo massasi ta’sirida ancha salqin bo‘ladi. Qish paytida havo harorati minus 31, 33 darajagacha pasayib ketadi. Yozda esa harorat 48 daraja issiq bo‘ladi. Lekin qumlarning usti +75, +80 darajagacha qiziydi. Bu yerda yog‘ingarchilik kam bo‘ladi.

Cho‘lda saksovul, quyonsuyak, qum akatsiyasi, selin, kavrak, yulg‘in kabi qurg‘oqchilikka chidamli tabiiy o‘simliklar o‘sadi. Shuningdek, bu joylarda cho‘l mushugi, bo‘ri, tulki, kiyik, quyon, toshbaqa, chayon, qum sichqoni, kaltakesak, oq ilon, qora qurt kabi hayvon va jonzotlarni uchratish mumkin.
 

 

 

 

 

 

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA

Manba: http://uza.uz/oz/photo/ch-l-g-zalligi-izil-...

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Useful resources