«Hashar week 2020 - Z Avlod»  loyihasiga  start berildi
07.
02. 2020
18:47
6695
News

2020 yil 7 fevral kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «Hashar week 2020 - Z Avlod»  loyihasiga  start berilishi munosabati bilan «Respublikada chiqindilarni saralash tizimini tadbiq qilish va  ekologik savodxonlikni oshirish» mavzusida OAV vakillari uchun brifing tashkil qilindi.

Ma’lumot uchun: Shtraus va Xau nazariyasiga ko‘ra, u yoki bu tarixiy va ijtimoiy-iqtisodiy asoslar kontekstida shakllangan alohida avlodlarning noyob tavsifi mavjud. Z avlod -  2000 yillarning boshida tug‘ilgan bolalar bo‘lib, ular kreativ va ko‘p savol beruvchilardir. Z avlod vakillari erta mustaqil bo‘lib, global masalalar, xususan, ekologiya va siyosatga katta qiziqish bildiradilar.

Mazkur loyihada asosiy tashkilotchilar  sifatida «SVB ADVISORY» MChJ qo‘shma korxonasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi ishtirok etib,  Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda EXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori ko‘magida amalga oshiriladi.

Loyiha O‘zbekiston Respublikasida ulg‘ayib kelayotgan yosh avlod, ya’ni umumta’lim maktab o‘quvchilarining ekologik savodxonligi madaniyatini oshirishga yo‘naltirilgan. Asosiy vazifa – o‘quvchilarning ekologiya bilan bog‘liq muammolarning mohiyatini anglab yetishiga, ularning bu boradagi fikrlari bilan o‘rtoqlashishga imkoniyat hamda ekologik masalalarni hal etishda ularning bevosita ishtirok etishi uchun platforma yaratishdir.


Loyihaning maqsadlari:
Umumta’lim maktablari o‘quvchilarining ekologik ongini shakllantirish va shaxsiy mas’uliyatini oshirish hamda ta’lim muassasalarida quyidagi uchta yo‘nalish bo‘yicha chiqindilarni saralash amaliyotini tadbiq etish:

–  iflos qilmaslik va mamlakat, shahar, maktablar tozaligi to‘g‘risida qayg‘urish;
–  chiqindilarni qayta ishlanadigan va ishlanmaydigan turlariga saralashni o‘zlashtirish;
–  anglagan holda iste’mol qilish va chiqindilarning qayta ishlanmaydigan turlari, ya’ni plastik paketlar, trubochkalar va bir martalik salfetkalardan haddan ortiq foydalanishdan chekinish;
–  biznes tuzilma vakillarining ekologik mas’uliyatini oshirishga ko‘maklashish;
–  samarali ekologik siyosatni shakllantirish uchun yanada ta’sirchan choralarni qabul qilish uchun davlat tuzilmalariga ko‘maklashish;
–  aholining ekologik madaniyatini rivojlantirishga ko‘maklashish.


Loyiha ikki bosqichda amalga oshiriladi:

1)  Respublika bo‘ylab gastrollar (10.02. - 10.03.);
2)  Targ‘ibot kampaniyasi (23.03. - 29.03).


1-bosqich: Respublika bo‘ylab gastrollar (10 fevraldan 10 martga qadar)

10 fevraldan 10 martga qadar volonterlardan iborat 3 ta guruh mamlakatning 12 viloyatida, 14 ta shahrida (Andijon, Buxoro, Farg‘ona, Jizzax, Nukus, Qarshi, Urganch, Namangan, navoiy, Samarqand, Termiz, Guliston, Toshkent, Xiva) chiqindilar mavzusi bo‘yicha ishlab chiqilgan maxsus mashg‘ulotlarni o‘tkazadilar. Shu bilan birga 100 ta maktabda chiqindilarni saralab yig‘ish tizimi joriy etiladi.

Mashg‘ulotlar natijasida bolalar «Hashar week» loyihasi tomonidan maxsus dizayn asosida ishlab chiqilgan urnalarga chiqindilarning qog‘oz va plastik turlarini saralash ko‘nikmasiga ega bo‘ladilar. «Hashar week» loyihasi o‘z navbatida 2-bosqich – targ‘ibot kompaniyasi boshida to‘plangan chiqindilarning hajmini umumlashtirib, ularni chiqindilarni qayta ishlaydigan korxonalar mahsulotiga almashadilar.

Shu birga 1-bosqich davomida mamlakat o‘quvchilari o‘rtasida «Agar men mamlakat prezidenti bo‘lsam...», «O‘zbekiston 2030 yil: mamlakat mening tasavvurimda» mavzularida eng yaxshi ijodiy ishlar (insholar, rasm va she’rlar) saralab olinib, targ‘ibot kompaniyasi yakunida nashr etiladigan kitobga kiritiladi.

Respublika bo‘ylab gastrollar davomida «O‘zbekiston Z avlod» hujjatli filmi ustida ishlar olib boriladi.


2-bosqich: Hashar week 2020 targ‘ibot kompaniyasi (23-29 mart).

Mart oyida  Hashar week loyihasining ikkinchi targ‘ibot kompaniyasi amalga oshirilib, unda 7 kun mobaynida faol bolalar ishtirok etadilar.



«Hashar week» loyihasi to‘g‘risida ma’lumot:
«Hashar week» loyihasi ilk bora 2019 yil mart oyida amalga oshirilgan bo‘lib, hukumat, keng jamoatchilik, xususiy tashkilotlar va fuqarolarning e’tiborini atrof muhitning global muammolariga, xususan chiqindilar masalalariga jalb etishga yo‘naltirilgan.
Loyiha muallifi – Suna Park, xalqaro siyosiy konsultant,  barqaror rivojlanish sohasida britaniya-o‘zbek konsalting kompaniyasi - «SVB ADVISORY» MChJ qo‘shma korxonasi boshqaruv hamkori va jamoat arbobi. loyiha O‘zbekiston respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda qator biznes tuzilma vakillari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilgan. hozirgi vaqtda «Hashar week» loyihasi NNT maqomini olish jarayonida.




 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Useful resources