Namanganda daraxtlar noqonuniy kesilgani uchun huquqbuzardan 70 million so‘mdan ortiq tovon puli undiriladi
20.
03. 2024
12:49
1002
News

Namangan viloyati Ekologiya boshqarmasi va Yangi Namangan tuman bo’limi xodimlari tomonidan o‘simlik dunyosiga nisbatan qonunbuzarlik holatlarini aniqlash maqsadida reyd tashkil etdi.

“Oromgoh” mahallasidagi “Fizioterapiya va pulmonologiya markazi”ning bolalar bo‘limi hududida o‘tkazilgan reydda obodonlashtirish ishlari davomida muassasa xodimlari tomonidan 2 tup chinor va 1 tup kashtan daraxti noqonuniy ravishda kesilgani aniqlandi.

Holat yuzasidan tashkilot rahbari V.B. ga nisbatan MJtKning 79-moddasi 3-qismi bilan ma’muriy bayonnoma tuzilib, BHMning 10 barobari – 3 million 400 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi. Shuningdek, oʻsimlik dunyosiga 69 million 200 ming soʻm zarar yetkazilganligi ma’lum bo’ldi.

Qonunbuzarlik uchun huquqbuzardan jarima undirilib, zararni undirish bo’yicha to’plangan hujjatlar sud organlariga yuborildi.

Useful resources