Ko‘chat qanday ekiladi? Mutaxassis tavsiyalari
20.
03. 2024
11:49
931
News

Ayni damda yurtimizning barcha hududlarida daraxt ekishning bahorgi mavsumi boshlandi. Ko‘pchilik shaxsiy tomorqasida, bog‘ida yoki boshqa hududda ko‘chat o‘tqazadi. Shuning uchun Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti ("Green University") O’rmon xo’jaligi ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi, qishloq xo’jaligi fanlari bo’yicha falsafa doktori Nurullo Muxsimov ko’chatni qanday qilib to’g’ri ekish kerakligini ko’rsatib o’tadi. 



1.  Daraxt ildiz qismidagi tuproq qismi bilan birga ekiladi. Bu koʻchatning oʻsishini taʼminlaydi.



2.  Daraxtning ildiz qismi hajmidan kelib chiqib, 60X60 yoki 70X70 hajmda chuqurlik kavlab olinadi. Chuqur kavlanganda tagini tosh yoki boshqa qattiq jismlar, shuningdek, chiqindilardan tozalab, toza tuproq solish lozim. Bu koʻchatning yon ildizlari shikastlanmasdan, yaxshi rivojlanishini taʼminlaydi.



3.  Koʻchat ekilayotganda tashlagandan keyin ildiz qismining yonlariga oz-ozdan toza tuproq solib chiqiladi. Unga biogumus (oʻgʻit) aralashtiriladi. 



4.  Ildiz qismining yon tomonlaridan bir meʼyorda suv quyiladi. Bu namlikni saqlab turadi va tuproqdagi havoning chiqib ketishiga xizmat qiladi. 



5. Toza tuproq solinadi. Suv quyilganidan keyin koʻchatning yon tomonlari toza tuproq bilan toʻldiriladi.



6.  Havo qolmasligi uchun ko‘chatning chet tomonlari yaxshilab bosib chiqiladi. Bu yomgʻir yoqqanda koʻchatning tagi yumshab qolmasligini taʼminlaydi.



7. Chuqurcha hosil qilinadi. Koʻchatning osti doimiy suv saqlanib turishi va suv ildiz qismiga to‘liq yetib borishi uchun aylana shaklida chuqurcha qilib chiqiladi. 



8.  Koʻchat oʻsib, rivojlanishi uchun doimiy agrotexnik tadbirlar olib boriladi. Xususan, issiq kunlarda birinchi va ikkinchi yil ekilgan daraxtlarni 4-5 marotabadan sugʻorish tavsiya qilinadi. Sugʻorilganidan keyin yerda qatqaloqlar hosil boʻladi va bu qatqaloqlarni yoʻqotish kerak. 

Hurmatli yurtdoshlar! Barchangizni daraxt ekishdek foydali va savobli ishga munosib hissa qo‘shishga, o‘z hududingizda ko‘chat o‘tqazishga chaqiramiz! Har bir ekilgan daraxt ekologiyani asrashda muhim ahamiyatga ega.

Useful resources