21-aprelda VI Toshkent xalqaro marafoni boʻlib oʻtadi
08.
02. 2024
15:44
809
News

Joriy yilning 8-fevral kuni Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasida VI Toshkent xalqaro marafoniga tayyorgarlik koʻrishga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Tadbirda aytilishicha, ushbu marafon Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Toshkent shahar hokimiyati, Oʻzbekiston MOQ, Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi, “Oʻzbekneftgaz” AJ, Oʻzbekiston Yengil atletika federatsiyasi tomonidan tashkil qilinadi.

Ma’lumot uchun, Toshkent marafoni Oʻzbekistonda World Athletics Label maqomiga ega boʻlgan yagona, xalqaro miqyosdagi sport tadbiri hisoblanadi. Marafon  World Athletics (Yengil atletika federatsiyalari xalqaro assotsiatsiyasi) xalqaro musobaqalar taqvimiga kiritilgan. 2023-yilda tadbir doirasida Parijda boʻlib oʻtadigan yozgi Olimpiya oʻyinlariga reyting ballar oʻynalgan edi, 2022-yilda esa marafon Shanxay xalqaro yarim marafoni bilan hamkorlikda oʻtkazilib, unda 21 ta mamlakatdan sportchilar ishtirok etdi.

Matbuot anjumanida ishtirokchilar geografiyasi ancha keyganganligi va 32 ta mamlakatdan yuguruvchilar ishtirok etishi kutilayotgani taʼkidlandi. Shuningdek, tashkilotchilar tomonidan slotlar miqdori koʻpaytirilib, poytaxt anʼanaviy bahorgi ommaviy yugurish doirasida 5,5 mingga yaqin havaskor yuguruvchilarni qabul qiladi. Tadbir dasturiga 42 km klassik marafon masofasi, 21 km yarim marafon masofasi va 3 hamda 10 km masofalari kiritilgan. Marafon arafasida “Kids Run” ommaviy yugurish musobaqasi va shimolcha yurish boʻyicha musobaqalarning oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda.

Shu bilan birga, marafonning mukofot fondi oshirilgan boʻlib, 2024-yilda 720 mln soʻmni tashkil qilmoqda. Ilk marotaba asosiy mukofotlardan tashqari, trassa boʻyicha rekord uchun erkaklar va ayollar orasida qoʻshimcha bonuslar taqdim etiladi – marafon masofasi uchun 15 mln soʻm va yarim marafon masofasi uchun  10 mln soʻm. Taʼkidlash joizki, marafonning mukofot fondi asosiy byudjeti slotlarni sotish hisobiga shakllantiriladi.

Tadbir davomida jurnalistlarga marafonni tashkil etish boʻyicha asosiy maʼlumotlar aks etgan taqdimot namoyish etildi va ishtirokchilarning formasi, medallari va start raqamlarining namunalari koʻrsatildi. Sovrin oʻrinlarining taqsimlanishi haqida batafsil maʼlumot taqdim etilib, masofalar marshruti koʻrsatildi.

VI Toshkent xalqaro marafonida ishtirok etish uchun havola orqali Perfend.com platformasida roʻyxatdan oʻtish lozim. Roʻyxatdan oʻtish jarayoni 2024-yil 5-aprelgacha davom etadi.

18-fevraldan boshlab roʻyxatdan oʻtgan barcha ishtirokchilar Yengil atletika federatsiyasining stadioni hududida, har yakshanba kuni soat 12:00 dan boshlab bepul mashq qilishda ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻladi.

Taʼkidlanganidek, ushbu yili tashkilotchilar tomonidan kumush, oltin va platina ishtirokchi raqamlarini taqdim etish boʻyicha yangi xizmat joriy etilgan. Ushbu start paketi yuguruvchilarga trassani oʻtish translyatsiyasini marafonning telegram-boti orqali onlayn rejimda tomosha qilish imkoniyatini beradi. Uning qiymati tanlangan masofaga bogʻliq holda - 250 ming soʻmdan 1 mln. 200 ming soʻmgacha tashkil etadi.Ishtirokchining start paketini olish uchun perfend.com saytida roʻyxatdan oʻtish va 2024-yil 17-apreldan 19-aprelgacha, soat 10:00 dan 18:00 gacha paketlarni berish punktiga tashrif buyurish va roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchi kodini va/yoki raqamini koʻrsatish zarur. Bu yilda 2024-yil 5-apreldan 12-aprelgacha marafonning sayti yoki telegram-boti orqali qoʻshimcha toʻlov qilgan holda, ishtirokchining paketini yetkazib berish xizmati bilan onlayn roʻyxatdan oʻtish qoʻshimcha xizmati joriy etilgan.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar bunday xalqaro miqyosdagi sport tadbirlarining oʻtkazilishi Oʻzbekiston nufuzini yuksaltirishi, qoʻshni davlatlar bilan sport orqali doʻstona aloqalarni rivojlantirishga, mamlakat ichida esa yugurish madaniyatini rivojlantirishga madaniyat va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish xizmat qilishiga ishonch bildirdilar.

gan

 

Useful resources