Rasmiy munosabat. Qayta hisob-kitob qilindi va to‘landi
07.
01. 2022
15:40
2922
News

«Toza hudud» DUKning Andijon viloyati filialida ishlagan Sardorbek Abdivaliev tomonidan ijtimoiy tarmoqlar orqali Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi N. Oblomuradovga yo‘llangan murojaatni tezkorlik bilan o‘rganish va yechim topish bo‘yicha tuzilgan ishchi guruhi bugunning o‘zida murojaat muallifi bilan uchrashdi.

Andijon viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i va «Toza hudud» DUK mutasaddilari ishtirokida yuzaga kelgan masala atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish natijasida S. Abdivalievning mehnat qilgan paytlaridagi barcha ish haqi to‘liq qayta hisoblab chiqildi va to‘lanmay qolgan bir qismi to‘lab berildi.

Murojaat muallifi Sardorbek Abdivaliev Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi topshirig‘i bilan yuborilgan ishchi guruhi harakatlaridan qoniqish hosil qilganini yozma ravishda ma’lum qildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources