Elektron chiqindilarni boshqarish tizimini rivojlantirish yo‘lida
25.
10. 2021
17:15
337
News

Mamlakatimizda elektron chiqindilarni boshqarish tizimini yo‘lga qo‘yish, eng yaxshi tajribalarni o‘rganish maqsadida 2021 yil 25 oktyabr kuni Davlat ekologiya qo‘mitasi vakillari BMTning Atrof-muhit dasturi (YuNEP) ko‘magida O‘zbekistondagi elektron chiqindilarni boshqarish tizimini birlamchi baholash ishlarini olib borayotgan «Barqaror taraqqiyotga ko‘maklashish» Jamoat fondi (Olmaota, Qozog‘iston) bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Fond vakillari tashrif doirasida mamlakatning elektron chiqindilarini boshqarish amaliyotini joriy holatini tahlil qilish maqsadida joriy yil 25-29 oktyabr kunlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri korxona va tashkilotlarda uchrashuvlar o‘tkazib, u yerda chiqindilarni boshqarish tizimi qanday tashkil etilganligi, elektron chiqindilarni to‘plash, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va ko‘mish masalalarini o‘rganishni rejalashtirgan.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources