Hamkorlikdagi seminar
17.
03. 2021
11:43
308
Event

2021 yil 16 mart kuni Davlat ekologiya qo‘mitasi huzuridagi Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutida «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» aktsiyadorlik jamiyati bilan hamkorlik doirasida hudud bioxilmaxilligini saqlash va atmosfera havosini muhofaza qilish masalalariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminarda ushbu kombinatning ishlab chiqarish salohiyati e’tirof etilgan holda mavjud ekologik muammolar haqida ham so‘z yuritildi. Institutning ilmiy xodimlari ushbu muammolarning yechimi bo‘yicha o‘zlarining taqdimotlari bilan ishtirok etdilar.

Seminar yakunida «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» aktsiyadorlik jamiyati hududi bioxilmaxilligini saqlash bo‘yicha ikkita, atmosfera havosini muhofaza qilish bo‘yicha esa bitta xo‘jalik shartnomasini tuzishga kelishib olindi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources