Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > Sobiq ittifoq paytidagi sun`iy yo'ldosh Zimbabve ustida parchalanib ketdi

Sobiq ittifoq paytidagi sun`iy yo'ldosh Zimbabve ustida parchalanib ketdi

Orbitadan og'ishib, Yer tomon yo'l olgan, Sobiq ittifoq vaqtida uchirilgan "Molniya-1-44" sun`iy yo'ldoshi Zimbabve hududi ustida parchalanib, yo'q bo'lib ketdi. Bu haqda AQShning koinot qurilmalari parvozlarini kuzatuvchi onlayn-xizmati ma`lum qildi. Avvalroq Rossiyaning kosmonavtika akademiyasi akademigi Aleksandr Jyeleznyakov sun`iy yo'ldoshning faqatgina 500 grammgacha keladigan mayda bo'laklari Yergacha yetib kelishi mumkinligini aytgandi. Uning ta`kidlashicha, yiliga 50 ga yaqin sun`iy yo'ldosh orbitadan chiqib ketadi. Dastlab "Molniya-1+" negizidagi sun`iy yo'ldosh tizimi Sobiq ittifoq hududida telefon-telegraf aloqasini ta`minlash hamda markaziy televideniyening dasturlarini uzatish uchun qo'llangan. 1965–1967-yillarda bu sun`iy yo'ldoshlar negizida aloqa va "Korund" jangovar boshqaruv tizimini yaratishga qaror qilingan. Tizim qurollanishga 1975-yilda olingan, undagi sun`iy yo'ldoshlar soni 4 tadan 8 tagacha oshirilgan.


2017-10-24

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika