Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > CHIQINDILAR – POKIZALIKKA TORTILGAN QORA PARDA

CHIQINDILAR – POKIZALIKKA TORTILGAN QORA PARDA

Bugun tabiatni asrash, noyob o‘simliklar va hayvonlarni saqlab qolish, daryo va ko‘llarni toza saqlash, insoniyat faoliyati natijasida tabiatga yetkazilayotgan salbiy ta’sirni kamaytirish eng muhim, yechimi kechiktirib bo‘lmaydigan vazifa bo‘lib turibdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-apreldagi “2017–2021-yillarda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni nazorat qilish inspeksiyasi hamda Toshkent shahar hududiy inspeksiyasi xodimlari tomonidan Shayxontohur tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Xususan, tumanning “Chaqar” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida, Beshyog‘och va Yalonkor berk ko‘chalari yonida, kollektor suvlari oqib o‘tuvchi ariq bo‘ylarida aholi tomonidan tashlangan shox-shabba va maishiy chiqindilar uyumi aniqlandi.

“Chaqar” MFY qarashli hududda jami 2 ta noqonuniy chiqindixona bartaraf etildi. Bunda 3 ta maxsus texnika, 12 ta ishchi kuchidan foydalanilib, qariyb 9 tonna chiqindi olib chiqib ketildi. Kollektor suvlari oqib o‘tuvchi ariqning qirg‘oq bo‘ylari chiqindilardan batamom tozalandi.

Shuningdek, yuqorida ko‘rsatilgan manzilda “Shayxontohur-Maxsustrans” korxonasi tomonidan o‘rnatilgan yakka tartibdagi konteynerlar hududdagi aholining noroziliklariga sabab bo‘layotgani ma’lum bo‘ldi. Ushbu holat yuzasidan Beshyog‘och va Yalonkor berk ko‘chalarida yashovchi aholi hamda “Chaqar” MFY faollari bilan yig‘ilish o‘tkazildi.

Bugungi kun talabi aholining ekologik madaniyatini oshirish, ayni chog‘da, suv havzalarini sanoat chiqindilari bilan ifloslantirayotgan, atmosferaga zararli moddalar chiqarayotgan zavod-fabrikalar, tijorat tashkilotlari, xususiy korxonalar rahbarlari mas’uliyatini oshirishdan iborat. Bu ish bilan nafaqat tabiat muhofazasi sohasida ishlayotgan mutaxassislar, xodimlar, balki jamoatchilik vakillari, mahalla faollari, ayniqsa, yoshlar faol shug‘ullanishlari lozim. Ayniqsa, farzandlarimizga tabiatni asrash lozimligini qancha erta tushuntirsak, shuncha yaxshi. Oilalarda ulg‘ayayotgan har bir yigit-qiz tabiat bu – bizning umumiy uyimiz, ertangi kelajagimiz ekanini anglamog‘i darkor.

 

Davlat ekologiya qo’mitasi

Axborot xizmati


2017-10-11

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika