Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar diqqatiga!

Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi 2017-yilning 30-sentabrigacha 2018-yil uchun Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi hisobiga moliyalashtiriladigan ilmiy-tadqiqot, me’yoriy-uslubiy ishlarni, tashkiliy va tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlar Dasturini rejalashtirishni boshladi.

Mazkur Dasturni o‘z vaqtida samarali tayyorlash maqsadida arizalar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Jamg‘armani boshqarish bo‘limiga joriy yilning 30-sentabriga qadar quyidagi ko‘rsatilgan talablarga muvofiq yuborilishi lozim:

 

Ariza shakli

 

1. Titul varag‘i.

 

2. Loyihaning tavsifi:

-  Loyihaning nomi.

-  Muammoning qo‘yilishi.

-  Maqsadi.

-  Rejalashtirilgan tadbirlar va masalalar.

-  Yakuniy natijasi, samaradorligi.

-  Bajarilish muddati.

-  Bajariladigan ishlarning kalendar rejasi.

-  “Bajaruvchi” tomonidan tasdiqlangan bajariladigan ishlarning qiymati hamda quyidagi tadbirga ishlatiladigan qiymatning tannarxini tasdiqlaydigan boshqa tegishli hujjatlar.

 

3. Bajaruvchi – tashkilot haqidagi to‘liq ma’lumot, ulardan, quyidagi tadbirni bajaruvchi tashkilotning nomi, manzili, telefon va hisob raqamlari.

 

 

Ma’lumot uchun tel. raqami: (+99871) 207- 07-70 abon.raqami (1016#)


2017-09-07

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika