Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > FARG‘ONA YANADA OBOD BO‘LADI

FARG‘ONA YANADA OBOD BO‘LADI

O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 21-apreldagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-5024-sonli Farmoniga hamda PQ-2916-sonli qaroriga muvofiq Qorag‘alpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari huzuridagi “Toza hudud” davlat unitar korxonalarining faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida tegishli vazifalar belgilab olingan edi. Bu vazifalarni amalga oshirishda Farg‘ona viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi huzuridagi “Toza hudud” davlat unitar korxonasi ham o‘z ish faoliyatini boshladi.

Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 3-dekabrdagi 315-sonli qarori asosida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ularga hokimliklar huzuridagi obodonlashtirish boshg‘armalarida qattiq maishiy chiqindilarni yo‘qotish sohasidagi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish hamda qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish tashkilotlari tashkil topgan edi. Ushbu bo‘lim ish faoliyatini samarali tarzda yurgizish maqsadida 42 mlrd.so‘m mablag‘ sarflanib, 137 ta maxsus texnikalar, shundan 105 ta chiqindi tashish mashinalari, 4 ta ekskavator, 8 ta buldozer, 16 ta samosval va 1845 ta chiqindi to‘plash shoxobchalari hamda 680 ta konteynerlar xarid qilingan bo‘lsa-da, obodonlashtirish boshqarmalarida maishiy chiqindilarni tashib ketish hanuz sustligicha qolmoqda.

Endilikda tashkil etilayotgan yangi tizim, ya’ni “Toza hudud” davlat unitar korxonasi ana shunday kamchiliklar va nuqsonlarni bartaraf etadi. Pirovard natijada ekologik va sanitar hududni, aholi salomatligini yaxshilash va mustahkamlash shahar va qishloqlarni yanada obod va ko‘rkam qiyofa kasb etishni ta’minlaydi.

Hozirgi kunda viloyatimizda ishlab chiqarish korxona va aholi sonining ortishi natijasida bir kunda o‘rtacha 3,5 ming tonna, bir oyda 105 ming tonna, bir yilda 3 mln. 260 ming tonna atrofida maishiy chiqindilar hosil bo‘ladi. Taxminiy hisoblarga ko‘ra, oziq-ovqat chiqindilari 4,2%, qog‘oz chiqindilari 3,8%, shox-shabba 6,1%, metall 0,3%, plastik chiqindilar 2,4%, teri-rezina 1,4%, shisha 2,4%, tosh, qum, ko‘cha supirindi chiqindilari 54,0% va boshqa chiqindilar 26,3% ni tashkil etadi.

Farg‘ona viloyati aholisini (jami aholi soni 3,5 mln. kishi.) shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan tuman hududlarining barcha joylarida chiqindilarni vaqtinchalik yig‘ish uchun axlat to‘plash shoxobchalarini o‘rnatish va mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlarida chiqindilarni olib chiqib ketish qamrovi 45% (1,575 mln. kishi)ni tashkil etgan. Ushbu ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, maishiy chiqindilarni aholi yashash joylaridan tashib ketish to‘liq g‘amrab olinmagan. Jumladan, Qo‘qon shahrida 68 ming, Farg‘ona shahrida 15 ming, Quvasoy shahrida 8 ming, Marg‘ilon shahrida 12 ming aholi yashovchi joylardan maishiy chiqindilarni tashib ketish bo‘yicha xizmat ko‘rsatilmay kelmoqda. Natijada bu holat aholining jiddiy noroziligiga sabab bo‘lmoqda. Shuning bilan birgalikda viloyat aholisining, ya’ni “Billing” tizimiga kiritilgan abonentlar soni 3,5 mln. aholidan 756 ming 21,6 %ni tashkil etsada, 2017-yil I-yarim yilligida to‘lovlar 4%ni tashkil qilib, qarzdorlik qariyb 7 mlrd.so‘m mablag‘ni tashkil qilmoqda. Bu, o‘z navbatida, ishchi-xodimlarga ish haqi to‘lovlarini amalga oshirishda bir qancha muammolarni yuzaga keltirmoqda. Fuqarolarga berilgan ijtimoiy-siyosiy huquqlar bilan birgalikda fuqarolik majburiyatlari ham tegishli tartibda belgilab o‘tilgan. Fuqarolarimiz o‘z vaqtida tashib ketilgan maishiy chiqindilar uchun to‘lovlarni amalga oshirsa, yuqoridagi muammolar bartaraf etilgan bo‘lardi. Buning uchun keng jamoatchilik birgalikda hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi, ekologik hasharlarning tashkil etilishi ijobiy natijaga erishish omili bo‘lib xizmat qiladi.

“Toza hudud” DUK tuman filiallari ish faoliyatini yaxshilash maqsadida viloyat DUKdan vakillar biriktirilgan holda amaliy yordam berilmoqda, ya’ni aholi, jismoniy va yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan shartnomalar tuzish va abonentlar bazasini qisqa muddatlarda tugatish, aholidan tushadigan pul tushumlarini hisob-kitob qilish tumanda yo‘l xaritasi tuzgan holda qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish sxema va jadvallarini tuzish, poligonlar holatini yaxshi saqlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berilib, nazoratga olingan holda ishlar amalga oshirilmoqda.

“Farg‘ona vodiysida chiqindilarni kompleks boshqarish klas­teri tashkil etish” loyihasi ishlab chiqildi. Ushbu loyiha asosida “Man Capita” kompaniyasi (Bahrayn) Farg‘ona vodiysida yagona chiqindilarni qayta ishlab chiqaruvchi korxona hisoblanib, uning qiymati 96 mln. dollarni tashkil etib to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya hisobiga quriladi.

“Toza hudud” DUK ushbu qo‘shma korxona ulushiga ega bo‘lib, qo‘shma korxona ishga tushirilganda chiqindilarni yig‘ish tizimi avtomatlashtiriladi, chiqindilarni olib chiqish, tashish ishlari takomillashtirilib, natijada barcha aholi yashash punktlari avtomatlashtirilgan konteynerlar bilan ta’minlanadi, pres­slash uskunalari va GPS monitoring tizimi evaziga ekspluatatsion xarajatlar 20%ga qisqartiriladi, badbo‘y hidlar yo‘qolib, estetik ko‘rinish vujudga keladi, yo‘nalishlarni optimallashtirish tizimi evaziga ekspluatatsion xarajatlar 80% ga qisqartiriladi, yangi poligonlar tashkil qilish zaruriyati yo‘qoladi, zararli moddalar tashlamalari 50%ga qisqartiriladi, 2000 ga yaqin yangi ish o‘rinlari tashkil etiladi.

Chiqindilarni saralash, qayta ishlash va ulardan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish tizimi loyihasidan 2020-yilda Farg‘ona vodiysidagi maishiy chiqindilarni to‘liq (100%) qayta ishlash, 2000 ga yaqin ish o‘rinlarini yaratish, qo‘shimcha poligonlar tashkil qilish ehtiyojini kamaytirish natijalari kutilmoqda.

Shuningdek, “Toza hudud” davlat unitar korxonasi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha viloyatning 6 ta tumanidan yer maydonlari tanlandi. Viloyat hokimligi bilan hamkorlikda ushbu yer maydonlarini inson salomatligiga, atrof-muhitga va yer osti suv yo‘llariga ta’sirini o‘rganib chiqish uchun viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, DSENM, Gidrogeologiya boshqarmalariga xat bilan murojaat qilinib, ushbu yuqoridagi yer maydonlari to‘g‘risida ijobiy xulosalar olindi.

Xalqimizda “Hashar elga yarashar” degan maqol bor. Farg‘ona viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamda “Toza hudud” davlat unitar korxonasi tashabbusi bilan “Mahalla” jamoat fondi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Farg‘ona viloyat bo‘limi, DSENM hamda shahar va tuman hokimliklari ishtirokida avgust oyida “Farg‘onani toza hududga aylantiraylik” shiori ostida umumxalq ekologik shanbalik o‘tkazilishi rejalashtirilib, shahar va tumanlarda chiqindilar chiqarib tashlanib, obodonlashtirish hamda tozalash ishlari olib boriladi. Mazkur shanbalikda korxona tashkilotlarda, jamoat joylarida to‘planib qolgan, shuningdek, noqonuniy chiqindixonalarga chiqarib tashlangan chiqindilar tashib ketiladi. Viloyatdagi chorvachilik va parrandachilik fermer xo‘jaliklarida to‘planib qolgan mahalliy o‘g‘itlar fermer xo‘jaliklarining paxta maydonlariga olib chiqiladi. Yuqoridagi ishlarni amalga oshirish uchun “Toza hudud” viloyat boshqarmasi balansidagi maxsus texnik vositalar jalb etiladi va o‘ylaymizki, bunda viloyatdagi barcha aholi faol ishtirok etadi.

 

M. BABAXODJAYEV,

Farg‘ona viloyat Ekologiya va atrof-muhitni

muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i

E. ABDULLAYEV,

Farg‘ona viloyat “Toza hudud” davlat unitar

korxonasi rahbari


2017-08-10

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika