Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > ENG YAXSHI LOYIHA MUALLIFLARI MUNOSIB TAQDIRLANDI

ENG YAXSHI LOYIHA MUALLIFLARI MUNOSIB TAQDIRLANDI

Yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida mamlakatimizdagi oliy o‘quv yurti talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Barqaror rivojlanish maqsadlarida eng yaxshi yoshlar tashabbusi” ko‘rik-tanlovining yakuniy natijalari hamda g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rik-tanlov Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekistondagi Britaniya Kengashi, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekistondagi Buyuk Britaniya elchixonasi hamda O‘zbekistondagi Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan.

Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – universitetlar ma’muriyati, o‘qituvchilar, talabalar va tadqiqotchilarni keng jalb etgan holda yoshlarning ijtimoiy loyihalarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Tanlovga O‘zbekistondagi 22 ta o‘quv muassasasidan qariyb 450 ta talaba tomonidan ishlangan 150 ta loyihaviy ishlar taqdim etildi. Deyarlik barcha arizalar ingliz tilida yozilib, ular quyidagi oliy o‘quv yurti talabalaridan keldi: Buxoro davlat universiteti, Nukus davlat pedagogika instituti, Samarqand chet tillari instituti, Farg‘ona politexnika universiteti, Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti hamda Singapur Menejmentni rivojlantirish instituti, Xalqaro iqtisodiyot va diplomatiya universiteti, Toshkentdagi Inxa universiteti va boshqa o‘quv muassasalari.

Talabalar o‘z loyihalarida ba’zi dolzarb masalalar yechimiga takliflar taqdim etishgan. Xususan, organik, plastik, qog‘oz va shisha chiqindilarni alohida to‘plash orqali chiqindilarni boshqarish, mahalliy barqaror iqlimga moslashgan o‘simliklarni ekish orqali universitet hududini ko‘kalamzorlashtirish va h.k. Loyihalarning asosiy qismi barqaror rivojlanish doirasida seminar, trening va konferensiyalar o‘tkazish orqali talabalarda ekologiya muammolariga qiziqish uyg‘otish hamda xabardorligini oshirishga, suv resurslarini boshqarish va ulardan ikkilamchi foydalanish masalalariga qaratilgan. Shu bilan bir qatorda, ishtirokchilar energiya tejamkorligi masalasini sinchiklab o‘rganishdi va bir-biridan qiziq g‘oyalarni o‘rtaga tashlashdi (energiya iste’moli uchun sensor nazoratni joriy qilish), jumladan, universitetlarda “yashil” arxitektura va dizayn yaratish, atmosfera havosini tozalash, o‘quv jarayoniga elektron yechimni, qishloq xo‘jaligiga innovatsion texnologiyalarni joriy etish, ijtimoiy tadbirlarni tashkil qilish, energiya alternativ manbalaridan foydalanish va samaradorligini oshirish.

Tanlovga taqdim etilgan barcha loyihalar hay’at a’zolari – ekologiya va barqaror rivojlanish sohasidagi yetakchi mutaxassislar, mustaqil ekspertlar hamda britaniyalik hamkorlar tomonidan sinchiklab o‘rganildi. Hay’at a’zolari xulosasiga ko‘ra, O‘zbekiston Milliy universiteti va Buxoro davlat universiteti talabalari “Barqaror rivojlanish maqsadlarida eng yaxshi yoshlar tashabbusi” ko‘rik-tanlovi g‘olibiga aylanishdi. Tanlov g‘olibi (g‘olib bo‘lgan guruh sardori – O‘zbekiston Milliy universitetidan Azizbek Ramazonov, Buxoro davlat universitetidan Baxshillo Abduraxmonov) joriy yilda Buyuk Britaniyaga safar qilish va u yerdagi oliy o‘quv yurtlari talabalari bilan barqaror rivojlanish masalalari bo‘yicha fikrlar almashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, g‘olib tanlov loyihasini amaliyotga tatbiq etish uchun 7 mln. so‘m mukofotga ega bo‘ladi. Eng yaxshi loyihalarning 20 ta muallifi rag‘batlantiruvchi sovg‘alar va sertifikatlar bilan taqdirlandi.

Tadbir davomida barqaror rivojlanish borasida talabalarning tashabbuskorligi hay’at a’zolari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi, yana loyihalar ustida yanada jiddiy ish olib borish, ularni to‘ldirish, bunda professional darajadagi yetakchi ekspertlarni jalb qilish, shuningdek, yurtimiz o‘quv muassasalarida zarur “yashil” infratuzilmasini yaratish taklifi berildi. Mazkur tashabbus tijorat vakillari tomonidan ham qo‘llab-quvvatlandi. Xususan, “Toshrangmetsavod recycling” korxonasi tomonidan tanlovda ishtirok etgan 15 ta oliy ta’lim muassasasiga chiqindilarni alohida to‘plashga mo‘ljallangan qutilar o‘rnatiladi.

Shuni ta’kidlash jozki, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekistondagi Britaniya Kengashi, Alternativ energetika klubi, Davlat Ekologiya qo‘mitasi Jamoatchilik Kengashi ko‘magida “Yashil start-aplar”ni rivojlantirish, qo‘llab-quvvatlash va amaliyotga tatbiq etish maqsadida muntazam uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Mazkur tanlovning o‘tkazilishiga yurtimizdagi yetakchi akademik ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun “O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari uchun barqaror ta’lim” mavzusida o‘tkazilgan trening turtki bo‘ldi. Trening joriy yilning yanvar oyida bo‘lib o‘tdi. Qo‘mita majlislar zalida o‘tkazilgan treningda ekologiya va atrof-muhit muhofazasi kafedralari mudirlar, prorektorlar, o‘qituvchilar, ekojurnalistlar, tadbirkorlardan iborat, jami 40 tadan ziyod kishi ishtirok etdi. Trening Ekologiya Assotsiatsiyasi universitetlari, Buyuk Britaniya kolleji va Buyuk Britaniya Talabalar Milliy Uyushmasi ekspertlari tomonidan o‘tkazildi. Shuningdek, ular tanlovni ishlab chiqish va g‘oliblarni aniqlashda ham ishtirok etdilar.

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Axborot xizmati


2017-08-02

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika