Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 5 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > Hurmatli oliy o‘quv yurti talabalari, kollej va litsey o‘quvchilari! Ko'rik-tanlov muddati 15-aprel sanasiga qadar uzaytirildi!

Hurmatli oliy o‘quv yurti talabalari, kollej va litsey o‘quvchilari! Ko'rik-tanlov muddati 15-aprel sanasiga qadar uzaytirildi!

Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va “Toshrangmetzavod” AJ tomonidan hamkorlikda tashkil etilgan “Biz bilan ozoda kelajak sari” I-Respublika ko‘rik-tanlovida ishtirok etishga taklif etamiz. 
 
Agar sizni chiqindilar bilan ishlash sohasida ekologik muammolarni hal etish, atrof-muhit muhofazasi, noqonuniy chiqindixonalar va chiqindilarning ko‘payishi, ularning atrof-muhit hamda inson salomatligiga ta’siri qiziqtirsa, fuqarolarni chiqindilarni alohida yig‘ishga va qayta ishlashga chaqirishga g‘oyangiz bo‘lsa, elektron chiqindilar ham to‘g‘ri utilizatsiyaga muhtoj bo‘lishini bilsangiz, unda mazkur ko‘rik-tanlovga marhamat qiling!
 
Ko‘rik-tanlov talabnomasini to‘ldiring, sizni qiziqtirayotgan ijtimoiy-ekologik mavzularda 5 daqiqagacha bo‘lgan videorolikni suratga oling yoki CorelDRAW va Photoshop formatida poster tayyorlang (posterning hajmi 2000x4000 piksel, fayl hajmi esa 3-4 MBdan oshmasligi kerak) va joriy yilning 15-apreliga qadar zero_waste@uznature.uz elektron manziliga yuboring va tanlov g‘olibiga aylaning.
 
 “Eng yaxshi videorolik” va “Eng yaxshi poster” nominatsiyalari bo‘yicha tanlov sovrinlari quyidagicha:
 
1-o‘rin. “Artel” televizori  
2-o‘rin. “Artel” gaz plitasi 
3-o‘rin. Uyali aloqa vositasi 
 
Ko‘rik-tanlov haqidagi batafsil ma’lumot “Biz bilan ozoda kelajak sari” Nizomi”da keltirib o‘tilgan. Nizom hamda talabnoma e’lonning pastki qismiga joylashtirilgan bo‘lib, uni yuklab olishingiz mumkin. 
Ko‘rik-tanlovning yakuniy natijalari joriy yilning 22-aprelida bo‘lib o‘tadi.
P.s. Yuborilgan ijodiy ishlar tijorat maqsadlarisiz Internet tarmog‘i, ma’lumotlar maydonchalariga (bannerlar, informatsion doskalar, ko‘chalardagi ovozli va video reklamalar, transport, metro va h.k.) joylashtirilishi mumkin.
Qo'shimcha ma'lumotlar uchun quyidagi telefon raqami va elektron manzilga murojaat qiling:
tel: (+99871) 207-07-70 (#1033, 1042);
 
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi 
Axborot xizmati
 

2017-01-28

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika