События

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Главная > Yer va suv resurslarini muhofaza qilish va foydalanish ustidan nazorat bo'yicha bosh boshqarma

Yer va suv resurslarini muhofaza qilish va foydalanish ustidan nazorat bo'yicha bosh boshqarma

-atrof-muhitga ifloslantiruvchi moddalar tashlamalari va chiqindilarni joylashtirish me’yorlarini o'rnatish va tabiatdan foydalanuvchilarga yetkazish;

-tabiatdan foydalanuvchilar bilan yer va suv resurslarini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish, umumtarqalgan foydali qazilmalar va chiqindilarni utillashtirish bo'yicha dasturlarni kelishish;

-suvdan maxsus foydalanish, suv uchun quduq qazish, sanoat va maishiy chiqindilarni joylashtirish, qazilmalardan foydalanish huquqi, zararli moddalar, radioaktiv va sanoat chiqindilarini ko'mishga ruxsatnomalarni berish;

- yer-suv resurslarini ifloslantirish, foydali qazilmalarni qazib olish hamda foydalanish, chiqindilarni joylashtirishda qonun-qoidalarning buzilishi natijasida tabiatga yetkazilgan zarar qoplash yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarga da’vo qilish hamda undirilgan jarimalarni tabiatni muhofaza qilish mahalliy jamg'armalariga o'tkazish;

-o'z vakolatlari doirasida yer va suv resurslarini muhofaza qilish, umumtarqalgan foydali qazilmalarni qazib olish hamda foydalanish, chiqindilarni boshqarish sohasidagi ma’muriy qonunbuzarliklar to'g'risidagi materiallarni ko'rib chiqish, aybdor shaxslarga jarimalar va boshqa ma’muriy jazolarni qo'llash, zarur bo'lganda esa materiallarni ko'rib chiqish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etish;

-tuproqning kimyoviy ifloslanishi, suv muhofaza zonalari hamda boshqa muhofaza etiladigan tabiiy hududlardan foydalanish rejimiga rioya qilish, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tabiiy manbalardagi suvdan foydalanishga o'rnatilgan limitlar, qazilmalar va yer ostida ifloslantiruvchi  moddalarning atrof-muhitga  salbiy ta’sir chegarasidagi konsentratsiyasi, suv ob’yektlari yuzasiga hamda hudud relyefiga ifloslantiruvchi oqovalarning salbiy ta’sir chegarasidagi miqdori, o'simliklar muhofaza qilish vositalari, mineral o'g'itlar va boshqa kimyoviy vositalarni transportirovka qilish, saqlash va qo'llashda atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha talablar, umumtarqalgan foydali qazilmalar konini ishlab chiqish me’yor hamda qoidalariga  rioya etilishi, tabiatdan foydalanuvchilar tomonidan ifloslantiruvchi moddalar oqovalari, sanoat va maishiy chiqindilarning dastlabki hisobini yuritish, ushbu sohada davlat statistika hisobotining ishonchliligiga rioya etish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;

-muhofaza etiladigan tabiiy hududlar (muhofaza etiladigan tabiiy hudud maqomi berilgan o'rnatilgan  suv muhofaza zonalari suv oqimi yuzasi va yer osti chuchuk suv havzalari) davlat kadastrini yuritish


2014-12-22

Фотогалерея

ntesting mood

Территориальные комитеты