Buxoro viloyati: noqonuniy baliq ovi tafsiloti
02.
09. 2020
15:25
5630
News

Buxoro viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining Ekologik nazorat inspektsiyasi tomonidan joriy yil 23 avgust kuni o‘tkazilgan tezkor reyd davomida Peshko‘ tumanidagi “Qoraqir” tabiiy suv havzasining 2-konturida fuqaro T.B. tomonidan noqonuniy baliq ovlayotganligi aniqlanib, inspektsiya xodimlari tomonidan to‘xtatildi.

Surishtiruv davomida ushbu fuqarodan ashyoviy dalil sifatida 54 dona laqqa, 23 dona zog‘ora va 2 dona O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan Turkiston mo‘ylovdori, jami 79 dona baliqlar musodara qilindi.

Shu bilan birga mazkur fuqarodan 1 dona rezina qayiq, 2 dona akkumulyator batareyasi, 1 dona qo‘l bola kuchli yorituvchi chiroq tegishli tartibda rasmiylashtirib, olib qo‘yildi. Fuqaro ushbu harakati bilan tabiatga jami 32 335 000 so‘m zarar yetkazganligi aniqlanib, fuqaroning mazkur harakatida jinoyat alomatlari borligi sababli, hozirda yig‘ilgan hujjatlarni huquqni muhofaza qilish organlariga yuborish maqsadida tegishli tartibda rasmiylashtirilmoqda.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


Useful resources