«Tabiatning nur soyaboni»
28.
08. 2020
16:59
6056
News

«Tabiatning nur soyaboni»

   
Xalqaro Ozon qatlamini himoya
qilish kuniga bag‘ishlanadi
 

Yaralmishdan turfa rang olam,
Qobiqlardan iborat hayot.
Ong ko‘ksiga sig‘maydi-birdam,
Ularsiz kun ko‘rmas odamzot.

Er sharimiz suzar muallaq,
Unda havo, suv, tuproq ayro.
Barin shunday joylamishdir Haq,
Biri birin qiladi da’vo.

Er ham qatlam, osmon ham qatlam,
Har qatning bor o‘z vazifasi.
Tizimlardan tuzilgan olam,
Ular bilan bugun, ertasi.

Olayotgan har nafasimiz,
“Atmosfera” degan qobiqdan,
Kun ko‘rardik hozir qaysimiz,
Uning bilan omonda har tan.

Taratmoqda Quyosh zarrin nur,
Barq urmoqda barglar yam-yashil.
Bu “Soddalik” asli sal chuqur,
Yo‘llar aro bo‘ladi hosil.

Quyosh olov tegsa kul qilar,
To‘g‘ri kelib tushsa osmondan.
Kuchli nurni bizga filtrlab,
O‘tkazadi havo Ozondan.

“Ozon” nima? – bu bir beminnat,
Tabiatning nur soyaboni.
Uning sabab unadi daraxt,
Tutib turar Quyosh fig‘onin.

Havo ichra bu qatlam shunday,
Yupqagina, mayin bir parda.
Zahri qotil nurni yubormay,
Ushlab qolar shu nozik tanda.

Ammo hozir shu nozik tanga,
Tirqish sabab berilmish ozor.
Tuynik hosil bo‘lgan osmonda,
“Osmondagi gap” demang bekor.

O‘z aybimiz o‘zimizga dard,
Texnikani qildik e’zozlar.
Chegara ham bilmay qoldi had,
Osmonni ham “teshdi” is gazlar.

Xlor, ftor, brom, freon,
Bu sanoat tomirida qon.
Shu kabilar tufayli Ozon,
Ko‘ksi yoriq turar beimkon.

Tuyniklardan esa mo‘ralar,
Muz eritar olov nurlari.
Yer yuzida iqlim o‘zgarar,
Kasallikning ortib turlari.

“Saraton”ning neligin bilar,
Endi tilga kiryotgan go‘dak.
Ko‘paymoqda qaqragan cho‘llar,
Issiqlikning taftidan halak.

O‘simliklar siyraklab borar,
Hayvonlar genida o‘zgarish.
Biz havoga yuborgan zarar,
Qilmoqdadir dard bilan qaytish.

O‘z tanasin ildizin uzib,
Jarga otar bu kun odamzot.
Bir kemada muallaq suzib,
Bir chekkadan qilmoqda barbod.

Muammolar ko‘pdir olamda,
Bu muammo emas-bu xatar.
Dunyo degan bitta Vatanda,
Birlashmoqlik kerak jon qadar.

Har ong uchun, har bir tan uchun,
Og‘riqli bir nuqtadir Ozon.
Havoga biz jo‘natgan uchqun,
Yillar bo‘yi qilarkan to‘zon.

Baland parvoz gap dersiz balki,
Men gullarni yaxshi ko‘raman.
Ular uchun zararmi toki,
Sochimga lak sepmay qo‘yaman.

O‘zgarmasdir balki, hech narsa,
Balki, bu bir zarra ham emas.
Lek, bu istak bilan murosa,
Tomchidan ko‘l bo‘lmog‘iga sas.

Qaysidir nom taratgan odam,
Yo faylasuf uchunmas dunyo.
Har birimiz tashlaylik qadam,
Tabiatga izlaylik shifo.

To‘xtataylik, mumkin emasmi,
Ko‘z ko‘rmasa, Haq ko‘rib turar.
Taraqqiyot degan “Havas”ni,
Freonsiz qilsak ham bo‘lar.

Tashabbus ham bu bir matonat,
Tuynuk yopmas go‘zal tilaklar,
Greta Tunbergdek serg‘ayrat,
Dunyomizga kerak “Yuraklar”.

Ekofaol shu yosh qizchaning,
Yonishicha yonsa har odam.
Tabiat ham hozir shunchalik,
Tutmasmidi osmonda “Motam”.

Virus sabab chalg‘idikmikin,
Sergak tortti fikr – o‘yimiz.
Yosh qalbida “Sayyora” yuki,
“Olov ichra” deydi uyimiz.

Aslin olsak shu xavfli virus,
Emasmikin “tanglik” hosili.
Chiqindilar olib “tojdor” tus,
Hujum qildi, balki, oxiri.

Pandemiya sabab qulatdik,
Dunyo qurgan chegaralarni.
Tabiat deb shunday birlashsak,
Ko‘rardik zo‘r samaralarni.

Buyuk ishlar buyuklarniki,
Menga nima demaylik endi.
Hammamiz-chun hayotning tongi,
Birdamlikning xonasi keldi.

Har kim qo‘shsin qo‘ldan kelgancha,
Soflik uchun o‘z hissasini.
Hech bo‘lmasa yerga otmasin,
Yemaklarning paketchasini.

Yana aytgum bu baland parvoz
Gaplar emas, bu Dunyo g‘ami.
Tuprog‘ini qilaylik e’zoz,
Bu pokiza zotlar Vatani.

Ne bo‘lsa ham dilda ilinj bor,
Umid yoniq, yoriqlardan ham.
Vijdon ila qilsak e’tibor,
Bo‘larmidik dunyoga Malham.

 
 

Mavluda Esanova
2020 yil.
“Ozon – hayot uchun” onlayn tanlovi uchun
.

 

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


Useful resources