Toshkent. Murojaatchidan tashakkurnoma
15.
08. 2020
15:28
5756
Econadzor

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan tuzilgan ishchi guruh poytaxtimizning 3 ta tumanida nazorat reyd tadbirlarini hamda aholi murojaatlarini o‘rganishni davom ettirmoqda. Yaqinda, aniqrog‘i joriy yilning 8 avgust sanasida Mirobod tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Xaliulova Viktoriya o‘zi istiqomat qiladigan mahalladagi chiqindi yig‘ish konteynerlari eskirganligi bois, maishiy chiqindilar to‘planib qolib, atrof muhitga badbo‘y xid taralayotganligi xususida murojaat qilgan edi.

Ishchi guruh a’zolari fuqaroning ushbu murojaatini o‘rganishi natijasida haqiqatan ham chiqindi yig‘ish konteyneri eskirib qolganligi ma’lum bo‘ldi. Bir vaqtning o‘zida konteynerlar yangisiga almashtirilganligi bois, fuqaro atrof muhit muhofazasi xodimlariga tashshakkurnoma izhor etdi.

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources