Nurota hamda Zomin davlat qo‘riqxonasi mamuriy binolari ta’mirlanmoqda
07.
08. 2020
17:04
5132
News

Respublikada o‘ziga xos, noyob, qimmatli tabiiy ob’ektlarni va majmualarni, o‘simliklarning va hayvonlarning irsiy fondini saqlab qolish, tabiiy jarayonlarni o‘rganish, atrof tabiiy muhit monitoringini olib borish maqsadida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimini yaratish, faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.

Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi Shavkat Abdurazakov 2020 yil 6 avgust kuni Jizzax viloyatida xizmat safarida bo‘lib, Forish tumanidagi Nurota davlat qo‘riqxonasi hamda Zomin tumanidagi Zomin davlat qo‘riqxonasi mamuriy binolarida olib borilayotgan kapital qurilish ishlari bilan tanishdi.

Qo‘riqxona xodimlarining samarali faoliyati, shuningdek, kelgusida mazkur hududlar o‘simlik va hayvonot dunyosi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish hamda turistik faoliyat uchun bufer zonalarni tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources