Xorazm viloyati: Yangiariq tumanida ma’muriy bino va avtogaraj uchun tamal toshi qo‘yildi
08.
07. 2020
16:45
6076
News

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017–2021 yillarda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq respublika bo‘ylab bosqichma-bosqich «Toza hudud» DUK qoshida ma’muriy bino va avtogarajlar qurilmoqda.

Jumladan, yaqinda Xorazm viloyati «Toza hudud» DUK tomonidan Yangiariq tuman filiali uchun ma’muriy bino va avtogaraj qurish maqsadida tamal toshi qo‘yildi. Endi yaqin orada «Toza hudud» DUK Yangiariq tuman filiali zamonaviy bino va avtogarajga ega bo‘ladi, tuman aholisi uchun yana bir qulaylik yaratiladi. Bino o‘z ichiga ma’muriy idora, tibbiyot xonasi, yuvinish va dam olish xonalari, hojatxona, garaj, moddiy-texnik markaz inshootlarini oladi.

Albatta, qurilish o‘z yakuniga yetkazilganidan so‘ng, filialning ish faoliyati samaradorligi yanada ortadi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources