Germaniyalik mutaxassislar bilan onlayn muloqot
07.
07. 2020
20:07
7063
News

7 iyul kuni Davlat ekologiya qo‘mitasi huzuridagi «Davekosertifikat» DUK bilan Germaniyaning atrof-muhitni muhofaza qilish agentligining «Ekologik dizayn, ekologik toza xarid, ekologik markirovka» bo‘limining mutaxassisi Yuliya Vagner va Barbara Beket xonimlar bilan onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida Germaniyadagi ISO 14024 xalqaro standarti asosida mahsulotlarga va ekologik markirovkalash bo‘yicha to‘liq amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha muloqat olib borildi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu standartga asosan har bir mahsulot to‘liq markirovkalash jarayoniga 2 yil sarflanishi hamda tegishli ilmiy-tadqiqot institutlaridan hulosalar olinishini ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, uchrashuvda ekologik markirovkalash bo‘yicha laboratoriya tekshirish usullari, xodimlarni ekspert-auditorlikka tayyorlash haqida suhbatlashildi. Xalqaro ekspertlar ushbu yo‘nalish bo‘yicha ekspert-auditorlik unvoniga talab yo‘q hamda ekologik markirovkalash tizimini joriy etadigan tashkilotlar akkreditatsiyadan o‘tmasligini ta’kidlab o‘tdilar.

Xalqaro ekspertlar muloqotda ta’kidlanishicha, Germaniyada mahsulotlarga berilgan muvofiqlik guvohnomasini amal qilish muddatlari ishlab chiqarilayotgan har bir mahsulotning chidamlilik, vazni, qadoqlanishi va boshqa talablarga qarab 2 yildan 4 yilgacha beriladi. Onlayn muloqat jarayonida ekologik markirovkalashda O‘zbekiston tomonidan tegishli mutaxassislar qatnashgan holda amaliyotlar o‘tash bo‘yicha kelishib olindi. Amaliyot joriy yilning 1 sentyabrdan 15 sentyabrga qadar o‘tkazish kelishib olindi.

Muloqot yakunida o‘zaro samarali hamkorlik ko‘lamini kengaytirish, soha bo‘yicha istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources