Poytaxtning Sergeli tumanida 6 kunlik reyd o‘tkazildi
03.
07. 2020
18:38
6356
Econadzor

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim tarkibiy qismi atrof-muhitni muhofaza qilishni ta’minlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, hududlarning sanitariya va ekologik holatini yaxshilashga qaratilgan.

Shu o‘rinda Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan tizimli ravishda qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, joriy yilning 26-30 iyun hamda 1 iyul kunlari Davlat ekologiya qo‘mitasi hamda Toshkent ekologiya boshqarmasi mutaxassislari tomonidan Toshkent shahri, Sergeli tumanida chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishda yo‘l qo‘yilayotgan huquqbuzarlik holatlarini aniqlash, shunga muvofiq ravishda tegishli choralarni ko‘rish yuzasidan olti kunlik reyd tadbirlari o‘tkazildi.

Unda 174 ta holatda chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlab ketish holatlari aniqlandi. Bunda 159 ta holat yuridik tashkilotlar va 15 ta holat jismoniy shaxslarga to‘g‘ri keldi. 105 ta holat o‘z joyida bartaraf etildi, 139 ta holatda esa ogohlantirish berildi. Shuningdek, aniqlangan holatlar bo‘yicha shaxslarga nisbatan MJtKning 91-moddasi, 1-qismiga muvofiq, ma’muriy jarimalar qo‘llanildi.

Shuningdek, reyd tadbirlari davomida tumandagi jami 56 ta korxona va tashkilotlar bilan Toshkent shahar «Maxsustrans IChB» DUK orasida maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari bo‘yicha shartnomalar imzolandi.

Bu kabi reydlar butun respublika bo‘ylab o‘tkazilishi maqsad qilingan.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources