27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot xodimlari kuni munosabati bilan uchrashuv
26.
06. 2020
17:18
6409
News

Bugun Davlat ekologiya qo‘mitasida 27 iyunMatbuot va ommaviy axborot xodimlari kuni munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi.

O‘z navbatida Qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari N.Oblamuradov matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazishda faol ishtirok etgan bir guruh jurnalistlarni kasb bayramlari bilan tabrikladi.

Uchrashuv davomida jurnalistlar sohada amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, ishlab chiqarish korxonalari, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga mediaturlar tashkil etish, tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan daryo o‘zanlarini tozalash, qum shag‘al konlari va qayta ishlash korxonalarida o‘tkaziladigan reydlarda ishtirok etish takliflarini bayon etdilar.
 

 

 

 

 

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources