«NAVOIYAZOT» AJdan atmosfera havosini ifloslantiruvchi zaharli havo chiqishi yuzasidan munosabat
11.
06. 2020
19:25
5885
News

Joriy yilning 14 may kuni «Navoiyazot» AJda atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalaridan namunalar olinib,kimyoviy tahlil qilindi.Unga ko‘ra atmosfera havosiga tashlanayotgan NOx (azot oksidlari) № 67 manbada 3, 19 marta belgilangan me’yordan ortiq holat aniqlangan.

Bu bilan, O‘zbekiston Respublikasi «Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunning 24-moddasi talablari buzilib, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 85-moddasi bo‘yicha javobgarligi ko‘rsatilgan. Ushbu huquqbuzarlikga asosan jamiyatning tsex boshlig‘i o‘rinbosari O.D.dan tushuntirish xati olinib, ma’muriy bayonnoma tuzildi.

Bundan tashqari xlorid kislotasi ishlab chiqarish tsexida 14 may kuni ertalab soat 05:00 da xlorning ochiq havoga chiqib ketish holati uskunada kuzatilgan. Bu bilan, O‘zbekiston Respublikasi «Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunning 24-moddasi talablari buzilib, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 86-moddasi bo‘yicha javobgarligi ko‘rsatilgan. Ushbu huquqbuzarlikga asosan jamiyatning tsex boshlig‘i J.A. hamda tsex ustasi X.E. lardan holat yuzasidan tushuntirish xati olinib, ma’muriy bayonnoma tuzildi.

Joriy yilning 3-4 iyun kunlari sud tomonidan yuqoridagi huquqbuzarlarga nisbatan har bir ishlab chiqarish xodimiga eng kam ish haqining 1 barobari miqdorida ma’muriy chora belgilandi.

Shuningdek, Ekologiya boshqarmasining «Atrof muhit monitoring» bo‘limi, viloyat Gidrometirologiya boshqarmasi, NTMKning ilmiy markaziy tahlilxonasi (TSNIL), NTMK Tibbiy sanitariya bo‘limi (MSO) hamda jamiyatning sanitariya taxlilxonasi xodimlari bilan hamkorlikda ishlab chiqarish jamiyatining atrofidan tahlil ishlari olib borildi.

Tez orada olib borilgan tahlil natijalari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlarni bayon qilamiz.
 

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Useful resources