Namangan viloyati: Norin daryosi haqida nimalarni bilasiz? (Fotoreportaj)
05.
06. 2020
18:22
8608
News

Namangan viloyati hududidan oqib o‘tuvchi Norin daryosi Markaziy Tyanshandan boshlanadi. Daryoning uzunligi 807 km, havzasining maydoni esa 59,9 ming kilometr kvadratdan iborat.

Daryo Norin shahridan 44 km sharqda Katta Norin va Kichik Norin daryolarining qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Namangan shahri yaqinidagi Baliqchi qishlog‘i yonida Norin Qoradaryo bilan qo‘shilib Sirdaryoni hosil qiladi. Norin yuqori oqimida keng vodiyda, Axala daryosining quyilish joyiga qadar chuqur va tor vodiyda juda tez oqadi. Norin shahridan boshlab daryo vodiysida ikki yoqlama qayir hosil bo‘lgan. Uzunaxmat daryosi quyilish joyiga yaqin daryo vodiysi tobora torayib, qoyali daraga aylanadi va Uchqo‘rg‘on shahridan o‘tgach, kengayib konussimon yoyilmadan oqadi.
 

Norin qor-muzlik suvlaridan to‘yinadi. Katta Farg‘ona, Katta Andijon, Shimoliy Farg‘ona, Katta Namangan kanallari shu daryodan suv oladi. Norin juda katta energiya zaxiralariga ega. Daryoda Uchqo‘rg‘on GES, To‘qtaqul GES qurilgan. Norin bo‘yida Norin, Toshko‘mir, Uchqo‘rg‘on shaharlari joylashgan.
 

H. MAMADALIEV (surat), O‘zA

Manba: http://uza.uz/oz/photo/fotoreportazh-norin-daryesi-...

 


Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Useful resources