Xorazm viloyati: noqonuniy chiqindixona mahalla aholisi bilan hamkorlikda bartaraf qilindi
13.
05. 2020
12:11
5260
Econadzor

Xorazm viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Tuproqqal’a tuman inspektsiyasi xodimlari tomonidan muntazam reydlar o‘tkazilib kelinmoqda. Reydlar davomida aniqlangan noqonuniy chiqindixonalarni bartaraf etish ishlari izchillik bilan davom ettirilmoqda.

Xususan, yaqinda Tuproqqal’a tuman inspektsiyasi tomonidan o‘tkazilgan reyd tadbiri davomida «Shorlauk» mahallasi Xummuz tepa hududida noqonuniy chiqindixona borligi aniqlandi. Mazkur chiqindixona mahalla faollari, homiy tashkilotlar tomonidan zudlikda bartaraf qilinib, chiqindilar olib chiqib ketildi va chiqindi poligoniga joylashtirildi. Mahalla raisiga qat’iy ogohlantirish berildi.

Afsuski, bugungi kunda chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash orqali atrof-muhitni ifloslantirish odatiy holga aylandi. Nahotki, chiqindini chiqindi qutisiga olib borib tashlash shunchalik qiyin bo‘lsa?!

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Useful resources