Qashqadaryo viloyati: Har bir murojaat e’tiborda
07.
05. 2020
17:43
5044
Econadzor

Kitob tumani, «Sariosiyo» va «Nurafshon» MFY aholisining 2020 yil 3 may kuni Kitob tumani, «Xayrobod Servis» MChJ ga qarashli pishiq g‘isht ishlab chiqarish zavodi manbasidan atmosfera havosiga bir vaqtning o‘zida yuqori miqdorda ifloslantiruvchi moddalar tashlanayotganligi to‘g‘risida Qashqadaryo viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga murojaat kelib tushdi.

Murojaat boshqarma inspektorlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida, bayon etilgan MChJ boshlig‘i J.Xomidovning tushuntirish xatiga muvofiq, haqiqatan ham 2020 yil 3 may kuni zavod xodimlari ish jarayonlarini ishga tushirib olish maqsadida ko‘mirni yoqib olish uchun ishdan chiqqan avtoshinalardan foydalanib yoqqanda, zavodning ifloslantirish manbasidan bir vaqtning o‘zida yuqori miqdorda ifloslantiruvchi moddalar chiqarib yuborilgan.

Shu bilan birga mazkur korxona O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 noyabrdagi 949-son qaroriga muvofiq atrof muhitga ta’sir ko‘rsatishning xavflilik darajasi bo‘yicha 3 toifaga mansub bo‘lsa-da, jamiyatni ishlab chiqqan normativ - me’yoriy hujjatning amal qilish muddati tugaganligi aniqlandi.

Ushbu holat bo‘yicha «Xayrobod Servis» MChJ boshlig‘i J.Xomidovga nisbatan ma’muriy chora qo‘llash maqsadida tushuntirish xati olindi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Atmosfera havosini ifloslantirganlik uchun Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 11 oktyabrdagi 820-son qaroriga muvofiq 3 606 813 so‘m miqdorida kompensatsiya to‘lovi hisoblanib, to‘liq undirib olindi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Useful resources