Davlat ekologiya qo‘mitasi tashabbusi bilan Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimida 2020 yilning joriy – may oyi «Brakonerlikka qarshi kurash oyi» deb e’lon qilindi.
Ayni vaqtda ko‘rib turibmizki, juda ko‘plab muammolar, brakonerlikning orqasidan kelib chiqmoqda, xattoki, koronavirus epidemiyasining kelib chiqishi yovvoyi hayvonlarni tartibsiz ovlash va ularni iste’mol qilish bilan bog‘liqligi taxmin qilinmoqda.
«Brakonerlikka qarshi kurash oyi» davomida qo‘mita tizimidagi inspektorlar respublikaning barcha hududlari bo‘ylab, noqonuniy ov va baliq ovlash bilan shug‘ullanadigan qonunbuzarlarga va o‘simlik dunyosidan noqonuniy foydalanadigan, daraxt va butalarning ruxsatsiz kesadigan huquqbuzarlarga qarshi keskin kurash olib boradilar.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati