Navoiy viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi prokuratura organlari bilan hamkorlikda ishlab chiqarish korxonalarini hatlovdan o‘tkazish davomida Karmana tumani «Narpay» MFYda joylashgan «Texnika ta’minlash va ta’minot» MChJga tegishli paxta tozalash tsexida o‘rnatilgan chang ushlagichning samarasi past ekanligi aniqlandi.
Korxona rahbariga atmosfera havosiga tashlanadigan chang miqdorini kamaytirish maqsadida majburiy ko‘rsatma berildi. Muzokaralardan so‘ng, korxona chang ushlagichlarini ta’mirlash, me’yoriy hujjatlarini tartibga keltirgunga qadar ixtiyoriy ravishda 10 kun muddatda ixtiyoriy ravishda to‘xtatildi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati
&nb