Navoiy viloyati: Noqonuniy baliq ovi tafsiloti
02.
05. 2020
13:35
7630
Econadzor

Navoiy viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasining Aydar-Arnasoy suv ob’ektlarini muhofaza qilishga ixtisoslashgan tezkor guruh inspektorlari va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi departament xodimlari hamkorligida baliq ovlash ta’qiqlangan vaqtda 2020 yil 1 may kuni Aydarko‘l suv xavzasining 22-kontur hududida reyd tadbiri o‘tkazilganda, Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro M.Ruptillaev noqonuniy ravishda 9 dona zog‘ora, 2 dona oksla baliqlarini ovlab yurgan vaqtida ushlandi.

Huquqbuzardan temir qayiq yamaxa motori va ovlangan baliqlar daliliy ashyo sifatida vaqtinchalik saqlash uchun qonunda belgilangan tartibda olib qo‘yildi. Huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 90-moddaning 4-qismi bilan 4 906 000 so‘m miqdorida da’vo puli hisoblanib, to‘plangan hujjatlarni Nurota tuman Ma’muriy sudiga yuborildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


Useful resources