Qoraqalpog‘iston: Ellikqal’a tumanida noqonuniy kesilgan daraxtlar
07.
04. 2020
19:05
6499
News

Hozirda mamlakatimizda moratoriy joriy etilgan bo‘lsa-da, ammo joylarda hali hamon daraxtlar va butalarni kesish holatlari kuzatilyapti.

Ellikqal’a tuman inspektsiyasi tomonidan o‘tkazilgan reyd tabdiri davomida Ellikqal’a tumani Bo‘ston shahrida yashovchi fuqaro N.M. tomonidan noqonuniy ravishda 6 tub oq teraklar kesilganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan huquqbuzar fuqaroga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 79-moddasi 1-qismiga asosan 1 115 000 so‘m jarima va tabiatga yetkazilgan zararini qoplash 2 876 700 so‘m da’vo hisoblandi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Useful resources