Jayron ovlaganlarga so‘nggi hukm o‘qildi. Qonunbuzar 5 fuqaroga 66 900 000 so‘m zarar hamda 3 yildan 4 yilgacha ozodlikni cheklash jazosi belgilandi.
13.
02. 2020
19:22
7977
News

Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan bundan 5 oy muqaddam, aniqrog‘i 2019 yil 24 avgustdan 25 avgustga o‘tar kechasi uch dona ov quroli hamda kuchli yoritish quvvatiga ega projektorlardan foydalangan holda tumanning Qorako‘l ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaligi hududidan O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan 2 bosh jayronni ovlagan 5 nafar fuqaro Buxoro viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari hamda chegara harbiy qism askarlari tomonidan to‘xtatib qolinganligi to‘g‘risida habar berilgan edi (http://eco.gov.uz/yz/site/news?id=251 ).

Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 202-moddasiga muvofiq ish qo‘zg‘atilib, hujjatlar tegishli tartibda rasmiylashtirilib, sudga oshirilgan edi.

2020 yil 7 fevral  kuni esa ushbu sud ishining yakuniy yig‘ilishi Qorako‘l tumanining jinoyat sudida bo‘lib o‘tdi. Sud hukmiga muvofiq qonunbuzarlikni sodir etgan 5 nafar fuqaroning 4 nafariga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 202-moddasi 3-qismining tegishli bandlariga muvofiq 3 yil muddatga, 1 nafariga esa 4 yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosi belgilanib, ularga jami 66 900 000 so‘m miqdorda tabiatga yetkazilgan zarar hisoblandi va undirib olindi.

 


Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Useful resources