O‘zbekistonda ClimateScience xalqaro ta’lim platformasi mahalliylashtiriladi
12.
03. 2024
11:59
2238
News

11-mart kuni Ekologiya vazirligida yoshlarni iqlim masalalari bo‘yicha kun tartibiga jalb qilish strategiyasining taqdimoti doirasida Milliy iqlim markazi va Climate Science tashkiloti o‘rtasida ClimateScience.org ta'lim platformasini mahalliylashtirishga qaratilgan Memorandum imzolandi.

Hujjatni Ekologiya vaziri maslahatchisi, vazirlikning Milliy iqlim markazi direktori Suna Park va “Climatescience” iqlim o'zgarishi bo'yicha xalqaro ta'lim platformasi rahbari Maykl Beklend imzolashdi.

ClimateScience.org ta’lim platformasini mahalliylashtirish loyihasi doirasida ayni paytda o‘zbek va qoraqalpoq tillarida ma’lumotlar bilan ta'minlash ishlari olib borilmoqda. Ushbu harakat iqlim ta'limini yoshlar uchun qiziqarli va qulay qilish orqali o'zgartirishga qaratilgan. Platforma iqlim o'zgarishi bilan bog'liq mavzular bo'yicha kurslar, o'qituvchilar uchun ma'lumotlar, videomateriallardan iborat bo‘lib, yoshlarga iqlim o‘zgarishiga qarshi global kurashga qo‘shilish va ekologiya sohasida mutaxassis bo‘lib yetishishlariga yordam beradi.

“Iqlim bilan ta'lim bir-biriga chambarchas bog‘liq, chunki muammoning tub mohiyati anglanganda uni hal etish ochon kechadi. Lekin ko‘pchilik bu masalani to‘liq tushunib yetgani yo‘q. UNESCO ma'lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda insoniyatning 70 foizi eng zarur narsalarni anglab ulgurgan. Shu nuqtai nazardan ma'lumotlarni ishonchli hamda olish uchun qulay qilish muhim hisoblanadi. Shundagina biz muammolarni hal etishga qodir bo‘lgan yetuk mutaxassislarni tayyorlashimiz, “yashil ish o‘rinlari”ni yaratishimiz mumkin”, dedi platforma rahbari Maykl Bekland.

Ta’kidlash joizki, iqlim o‘zgarishi muammosini samarali hal etish uning asl sabablarini chuqur anglashdan boshlanadi. Ushbu mavzu bo'yicha tadqiqotlar ilmiy doiralarda keng yoritilgan bo'lsa-da, u ko'pincha qiyin va keng jamoatchilik uchun mavjud emas. Shu bois ilmiy axborotni omma uchun qulayroq va tushunarli bo‘lgan qismlarga bo‘lish va undan erkin foydalanishni ta’minlash muhim ahamiyatga ega. "Climatescience" platformasi bu jarayonda asosiy rol o‘ynaydi va Kembrij universiteti, "Grantham" iqlim o‘zgarishi va atrof-muhit instituti, Oksford universiteti, BMTning global iqlim harakati va Dikson jamg‘armasi kabi nufuzli tashkilotlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Bugungi kunga kelib platforma 2 500 000 dan ortiq o‘quvchini qamrab oladi va ularga iqlim o'zgarishining ahamiyatini tushunish va anglashga yordam beradi.

Useful resources