15-noyabr — Butunjahon chiqindilarni ikkilamchi qayta ishlash kuni!
15.
11. 2023
10:47
1374
News

Har yili bir qancha mamlakatlarda muhim ekologik sana — Butunjahon chiqindilarni ikkilamchi qayta ishlash kuni nishonlanadi. Bundan maqsad jamiyat va davlat e'tiborini atrof-muhitning ifloslanishi hamda cheklangan resurslar muammosiga qaratishdir.

Barcha mamlakatlar, jumladan, O‘zbekiston uchun ham maishiy chiqindilar va chiqindixonalarni kamaytirish eng muhim vazifalardan hisoblanadi. Qayta ishlash bu muammoni hal qilishga yordam beradi, chunki bu orqali chiqindilarning katta qismidan foyda bilan xalos bo'lish, shuningdek, resurslarni tejash mumkin.

15-noyabr — Butunjahon chiqindilarni ikkilamchi qayta ishlash kuni!

Chiqindilarning ko'payishi va cheklangan resurslar muammosi bugungi kunda eng dolzarb muammolardan biriga aylanmoqda. Chiqindilar yildan-yilga ortib bormoqda.

Rivojlangan mamlakatlarda maishiy va sanoat chiqindilarining 40-60 foizi qayta ishlanadi.

Chiqindilarni alohida to‘plash - qayta ishlashning eng muhim bosqichlaridan biridir!

Bu borada O‘zbekistonda qanday ishlar qilingan?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-dekabrdagi qaroriga asosan respublikada chiqindilarni alohida yig‘ish tizimi bosqichma-bosqich quyidagi tartibda joriy etilmoqda.

1-bosqich – 2021-yilda
Toshkent shahrining aholi turar joylaridagi chiqindilarni yig‘ish punktlari hududida maishiy chiqindilar “qayta ishlanadigan” va “qayta ishlanmaydigan” chiqindilarga bo‘lindi.

2-bosqich – 2022-yil
Toshkent shahrida “qayta ishlanadigan” va “qayta ishlanmaydigan” toifalarga bo‘lingan maishiy chiqindilarni yig‘ish “Maxsustrans” davlat unitar korxonasi tomonidan amalga oshirila boshlandi.

3-bosqich - 2024-2028-yillarda
Respublika hududida “qayta ishlanadigan”, “qayta ishlanmaydigan”, “organik”, “xavfli maishiy chiqindilar” va boshqa toifalari bo‘yicha tizim bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Useful resources