Bo‘stonliqda qushlarni noqonuniy ovlayotgan fuqaro jazolandi
11.
10. 2023
12:42
2767
News

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Bo’stonliq tumani bo’limi davlat inspektorlari tomonidan reyd tadbiri o’tkazildi.

Tadbir davomida tumanning "Qo'shqo'rg'on" MFY hududida fuqaro F.S. ov qilish qoidalarini buzgan holatda sayroqi qushlarni ovlayotgani aniqlandi. 

Holat yuzasidan “Ov qilish va ovchilik ho’jaligi to’g’risida”gi Qonunning 17-moddasi talablarini buzganligi uchun huquqbuzarga nisbatan MJtKning 90-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. 

F.S. bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari — 3 million 300 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

Ekologiya vazirligi barchani qushlar va hayvonlarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga, ularni asrab-avaylashga chaqiradi. Unutmang, tabiat muhofazasi uchun barchamiz birdek mas'ulmiz.

Useful resources