Yovvoyi krake qushi tabiatga qo‘yib yuborildi
10.
10. 2023
12:39
2215
News

Farg‘ona viloyati Ekologiya boshqarmasiga Marg‘ilon shahar “Iqbol” MFY hududida yashovchi fuqaro R.U. xonadoniga notanish yovvoyi qush kelib qolgani haqida xabar berdi. 

Viloyat Ekologiya boshqarmasi va viloyat prokuraturasi xonadonga borganida notanish qush, aslida, temir yo‘l oilasidan bo‘lgan krake qushi ekanligi aniqlandi. 

Ma'lumot uchun, krake qushining kelib chiqishi Yaponiya, Hindiston, Janubiy Osiyo, Janubiy Afrika, Madagaskar, Avstraliya va Yangi Zelandiyaga borib taqaladi. Krake ko‘chmanchi qushlar safiga kiradi va soni yildan-yilga kamayib bormoqda.

Qushning holati o‘rganilib, ahvoli qoniqarli bo‘lganligi sababli Farg‘ona shahrida joylashgan "Qirguli" sport havaskor baliqchilik xo‘jaligidagi maxsus ko‘l hududiga olib borilib, ochiq tabiatga qo‘yib yuborildi.

Ekologiya vazirligi biologik xilma-xillikni saqlash borasidagi g‘amxo‘rlik uchun sizga minnatdorlik bildiradi hamda yovvoyi hayvonlarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga va ularni asrab-avaylashga chaqiradi.

Useful resources