Qo‘qonda daraxtlar kesilishi natijasida 184 million 800 ming so‘m zarar yetkazildi. Hujjatlar prokuraturada
18.
09. 2023
11:15
1588
News

Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘qon shahridagi "Oltin vodiy" MFY Movarounnahr ko‘chasida moratoriy talablariga zid ravishda qasddan ikki tup yasen daraxti kesilganligi haqida xabar tarqaldi. 

Holat Farg‘ona viloyati Ekologiya boshqarmasi Qo‘qon shahar inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan o‘rganildi.  O‘rganishlar davomida “Oltin vodiy” MFYning A.T.Xo‘qandiy mavzesi hududida ikki tup yasen daraxti qurilish ishlari amalga oshirish jarayonida kesilib, ildizi bilan qo‘porilganligi aniqlandi. 

Bu bilan “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunning 37-moddasining ikkinchi qismi talablari qo‘pol ravishda buzilgan. Shuningdek, moratoriy talablariga amal qilinmagan.

Holatga ko‘ra huquqbuzar K.A.ga nisbatan o‘simlik dunyosiga yetkazilgan 184 million 800 ming so‘m zarar hisoblandi. Hujjatlar holatga huquqiy baho berish va tegishli chora ko‘rish uchun Qo‘qon shahar prokuraturasiga topshirildi.

Useful resources