
Yana, Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmatining xabar berishicha, haydovchilarga chiqindi tashlash uchun joy borligi to‘g‘risida axborot berish maqsadida 6.15 «Chiqindi yig‘ish» yo‘l belgisi o‘rnatildi.
Ma’lumot uchun, avtotransport vositalaridan axlat yoki boshqa narsalarni tashlash Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 123-moddasiga asosan huquqbuzarlik hisoblanadi va uni sodir etgan shaxs eng kam ish haqining beshdan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima bilan jazolanadi.
Shuningdek, Davlat ekologiya qo‘mitasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda Toshkent viloyatining Bektemir «Sharq» postidan Angren shahri orqali Qamchiq dovoning Namangan viloyati chegarasigacha bo‘lgan A 373-a yo‘lining chetlariga 17 ta joyga jami 34 ta 6.15 «Chiqindi yig‘ish» va 17 ta 7.2.1 «Ta’sir oralig‘i» yo‘l belgilari hamda 25 ta chiqindi konteynerlarini o‘rnatish ko‘zda tutilgan.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati