Toshkentda daraxtlar beton qoplamalardan tozalandi
28.
08. 2023
09:58
2233
News

Ekologiya vazirligining 11-57 ishonch raqami orqali 25-avgust, soat 17:00 da Toshkent shahar, Chilonzor tumani, "Muqimiy" ko'chasida yashovchi fuqaro B.S.dan murojaat kelib tushdi. 

Murojaat uy atrofidagi daraxtlar beton qoplamalar bilan qoplanganligi hamda daraxtzorlar bekatga aylantirilganligi haqida edi.

Ekologiya vazirligi hamda Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi xodimlaridan iborat ishchi guruh shu kuni soat 20:00 da murojaatda ko'rsatilgan hududga yetib kelishdi va holatni o‘rganishdi. 

Holat yuzasidan ertasi kuni erta tongdan daraxtlar beton qoplamalardan tozalandi.

Unutmang! Ekologik muammolar yoki qonun buzilishi holatlariga duch kelsangiz, Ekologiya vazirligining 11-57 ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qiling yoki @ecogovuz telegram boti orqali xabar bering. Har qanday murojaat, albatta, e'tiborga olinadi!

Useful resources