Oqqoʼrgʼon tumanida daraxtlar qurib qoldi. Obodonlashtirish boshqarmasi va tibbiyot birlashmasi mas'ullariga chora koʼrildi
21.
08. 2023
12:09
2429
News

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi xodimlari tomonidan navbatdagi ekologik nazorat tadbiri o'tkazildi. 

Tadbir davomida "Madaniyat" MFY hududida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida terak qalamchalari ekilgani, ammo Oqqoʼrgʼon tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan yetarli darajada agrotexnik ishlari olib borilmaganligi aniqlandi. Natijada qalamchalar qurib qolgan. Bu bilan "O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida"gi Qonunning 32, 37-moddalari talablari buzilgan.

Holat yuzasidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i A.A.ga nisbatan MJtKning 79-moddasi 3-qismiga asosan BHMning 10 barobari – 3 million 300 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi.

Shuningdek, reyd davomida Oqqo'rg'on tumani tibbiyot birlashmasi hududida ekilgan ko'chatlar e'tiborsizlik oqibatida qurib qolganligi aniqlandi. 

Holat yuzasidan tibbiyot birlashmasi xoʼjalik ishlari boʼlim boshligʼi A.B.ga nisbatan ham MJtKning 79-moddasi 3-qismiga asosan BHMning 10 barobari – 3 million 300 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi.

Useful resources