"Obodonlashtirish oyligi": Samarqandda 289 gektar maydon 39,4 ming tonna maishiy va qurilish chiqindilaridan tozalandi 
18.
08. 2023
11:44
2380
News

Ayni damda butun respublika bo‘ylab "Obodonlashtirish oyligi" o'tkazilmoqda. 

Oylik doirasida barcha hududlarda atrof-muhitni chiqindilardan tozalash ishlari olib borilmoqda. Jumladan, Samarqand viloyatida 10-avgustdan bugunga qadar 289 gektar maydon obodonlashtirilib, 39,4 ming tonna maishiy va qurilish chiqindilari poligonlarga joylashtirildi. 

Bundan tashqari, 221 km ariq va lotoklar, 146,1 km irrigatsiya va melioratsiya obyektlari, 86,7 km suv obyektlarining qirg‘oqlari va qirg‘oq bo‘ylari hamda 669 km yo‘l bo‘ylari tozalanib, obodonlashtirildi.

Ma'lumot uchun, "Obodonlashtirish oyligi"ning ikkinchi bosqichi 10-sentyabrgacha davom etadi. Maqsad Mustaqilligimizning 32 yilligini keng nishonlashga puxta tayyorgarlik ko'rish, hududlarni obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari ko'lamini yanada kengaytirish, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmalarini yaxshilash, "mahalladan xonadongacha" tamoyili asosida mahallalar hududlarini obodonlashtirish orqali aholi farovonligini oshirishdir.

Useful resources