Daraxt shoxlarini kesgan huquqbuzar 2 640 000 so'm to'laydigan bo'ldi
10.
08. 2023
16:58
1971
News

Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi Navoiy shahar bo'limi tomonidan daraxt kesilishi bilan bog'liq navbatdagi holat o'rganildi. 

O'rganish natijasida fuqaro S.R tomonidan “Muruvvat” mahallasi hududida o‘zboshimchalik bilan daraxt shoxlarini kesilganligi aniqlandi.

Huquqbuzarga nisbatan MJtKning 79-moddasi 1-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. 

Daraxt kesilishi natijasida tabiatga 990 000 so‘m zarar yetkazilganligi ma'lum bo‘ldi. S.R.ga qilmishi uchun 1 mln 650 ming so‘m jarima belgilandi. Huquqbuzar yetkazilgan zarar va jarimani, jami 2 640 000 so'm to'laydigan bo'ldi.

Useful resources