Navoiyda belgilanmagan joyga qurilish chiqindilarini tashlagan huquqbuzar jarimaga tortildi
29.
07. 2023
15:00
1934
News

Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan Navoiy shahridagi chiqindilarning olib ketilishi holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida Navoiy shahridagi “Taraqqiyot” mahallasi hududiga qurilish tashkiloti mas'ul xodimi tomonidan noqonuniy qurilish chiqindilari tashlab ketilganligi aniqlandi.

Holat bo‘yicha huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 91-moddasiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 1 million 150 ming so'm jarima belgilandi. 

Shuningdek, chiqindilar qurilish tashkiloti tomonidan olib chiqib ketilib, hudud tozalandi.

Useful resources